Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasida ishbilarmonlar kengashi ta’sis etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etayotgan Bahrayn podshohligi tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayaniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekiston bilan Bahrayn o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Siyosiy muloqotni faollashtirish hamda siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini tez fursatda ishga tushirish muhimligi qayd etildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik, bank-moliya, avtomobil va temir yo‘llari qurilishi, energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi dastur va loyihalarni ilgari surish uchun katta salohiyat va keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

Shu maqsadda joriy yilda qo‘shma hukumatlararo qo‘mitaning ilk yig‘ilishini o‘tkazish hamda O‘zbekiston va Bahrayn yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida ishbilarmonlar kengashini ta’sis etish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
13:12 / 09.03.2026
Bahrayndagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi
10:51 / 02.03.2026
Iordaniya va Bahraynda bo‘lgan fuqarolarga xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar berildi
11:08 / 12.11.2025