Aprel oyi boşida Isroil aviatsiyasi Eronning Damaşqdagi konsulligiga zarba bergandi. Buning oqibatida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining (IIMK) yetti nafar a’zosi halok böldi. Ular orasida korpusning yuqori martabali generali Muhammad Rizo Zohidiy ham bölgan, u «Quds» kuçlarining elita bölinmasiga qömondonlik qilgan. Eron mazkur holat yuzasidan öz noroziligini bildira boşladi va munosib javob qaytarişini e’lon qildi. Uşbu xabarlar ortidan 14 aprelga ötar keçasi Isroilga 120 ta ballistik, 30 ta qanotli raketalar, şuningdek 170 dan ortiq dronlar qöllagan holda hujum uyuştirildi. Ikki davlat örtasidagi nizo sababi nimada va u qanday yuzaga kelgan?

Isroil va Eron munosabatlaridagi ziddiyatli jihatlar

Erondagi siyosiy rejimning özgarişi. Eron 1950 yil 6 martda musulmon davlatlari içida Turkiyadan keyin ikkinçi bölib Isroilni mustaqil davlat sifatida tan olgandi. Şoh Muhammad Rizo Pahlaviy davrida Eron uçun Isroil AQŞ bilan munosabatlarda vositaçi davlat sifatida körilgan. 1948 yildan 1979 yil – islom inqilobiga qadar Eron va Isroil nafaqat yaqin hamkor, balki ittifoqçi bölib, iqtisodiy va harbiy jihatdan hamkorlik qilgan. Xususan, 1967 yilgi «Olti kunlik uruş»dan söng bir qator arab mamlakatlari Isroilga qarşi neft embargosi ​​joriy etganida Isroilga neft yetkazib bergan yagona davlat Eron böladi.

Şuningdek, rasmiy Tehron Isroil tovarlari va xizmatlarining asosiy importçilaridan biri edi. Ammo ötgan asrning 70-yillariga kelib mintaqada siyosiy vaziyat özgara boşlaydi. Har ikki tomon uçun ham asosiy duşman sifatida körilgan Misr prezidenti Jamol Abdul Nosirning ölimidan keyin Eron va Misr örtasidagi munosabatlar yaxşilana boşlaydi. 1975 yilda Eron-Iroq kelişuvi imzolanadi va Tehron kurd ayirmaçilariga yordam berişni töxtatdi. Mazkur ikki voqea Isroilning Eron uçun strategik ahamiyatini pasaytiradi. Ayni şu davrda Eronda diniy kuçlar ta’siri ortib borayotgan edi.

1979 yilgi inqilobdan söng vaziyat keskin özgardi. Tehronning yangi teokratik hukmdorlari Isroilning qonuniyligini tan olmadi. Eron Isroilni Ğarbning mintaqadagi ittifoqçisi sifatida kördi va unga duşman sifatida qaraş boşlandi. Şunga qaramay, Isroil va Eron örtasidagi çeklangan hamkorlik 1980-yillarda ham davom etdi. Faqat 2000-yillarga kelib ikki tomonlama munosabatlarda keskinlik nihoyatda kuçaydi. Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajod 2005 yilda «sionistik rejim Yer yuzidan yöq qilinişi kerak» deya ta’kidlab, axborot bombasini portlatdi. Rasmiy Tehron Falastindagi musulmonlarni qöllab-quvvatlab, Isroilning ularga nisbatan olib borayotgan siyosatiga keskin munosabatda bölib keladi. Eron aynan AQŞ va Isroilni özining eng birinçi darajali duşmani deb biladi.