Yevroparlamentdagi «Germaniya uçun muqobil» (GuM) öng qanot populistik partiyasi a’zosi Maksimilian Kra 2023 yil dekabr oyida Nyu-Yorkka taşrifi çoğida Amerika maxsus xizmati - FTB tomonidan «Kremlga yaqin manbalardan şubhali tölovlar» böyiça söroqqa tutilgan. Bu haqda Germaniyaning Der Spiegel haftalik naşri 16 aprel, seşanba kuni öz jurnalistlari ZDF ijtimoiy-huquqiy telekanalining Frontal dasturi bilan hamkorlikda ötkazgan tekşiruvi davomida qölga kiritgan ma’lumotlariga asoslanib yozdi. 

Der Spiegel ta’kidlaganidek, maqolada «öng ekstremist» deb atalgan siyosatçining özi tahririyat söroviga javoban AQŞda söroq qilingani faktini tasdiqlagani aytiladi. 

Şubhali çat xabari 

Amerika maxsus xizmatlari çatdagi xabarni qölga kiritgan, unda rossiyaparast faol Oleg Voloşin Kraga uning «texnik topşiriqlari» uçun «kompensatsiya» muammosi hal qilingani va may oyidan boşlab «hamma narsa avvalgidek bölişi» haqida yozgan. «Bu ibora Kra uzoq vaqt davomida yaşirin ravişda tölovlarni olgan bölişi mumkinligini körsatadi», deb ta’kidlaydi jurnalistlar. 

Maqolada qayd etilişiça, Belgiya rasmiylari Rossiya Yevropa siyosatçilariga nisbatan «ta’sir ötkaziş operatsiyalari»ni amalga oşirayotgani haqidagi şubhalarni tekşirmoqda. Hozirda Germaniyada bunday tergovni boşlaş uçun asoslar mavjudligi aniqlaştirilyapti. 

Maksimilian Kra Rossiya bilan ehtimoliy aloqalar haqida

Maksimilian Kra barça ayblovlarni rad etdi. Uning sözlariga köra, heç qaçon Voloşindan «na pul, na pulli xizmatlar va na boşqa kompensatsiya» olmagan. Siyosatçining ta’kidlaşiça, çat xabari boşqa foydalanuvçi uçun möljallangan yoki Drezdendagi Opera baliga çiptani nazarda tutgan, buning uçun pulni Kra tölagan. Uning fikriça, ingliz tilini yaxşi bilmasligi tufayli Voloşin fikrini töğri ifodalab bera olmagan bölişi ham mumkin. Oleg Voloşinning özi jurnalistlar söroviga javob bermadi.

FTB sayohatlaridan birida Voloşinning uyali telefonini tekşirayotganda şubhali çat xabarini körgan bölişi mumkin. Faolning özi 2021 yil yozida Vaşington aeroportida uning telefonini olib qöyişgani va undagi barça ma’lumotlar öqilganini ma’lum qilgan. 

Der Spiegel naşriga köra, Oleg Voloşin Ukrainada Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin şaxs sifatida köriluvçi Viktor Medvedçukning «Muxolifat platformasi – Hayot uçun» partiyasidan deputat bölgan. Bu partiya Ukrainada 2022 yil mart oyida Rossiyaning keng miqyosli hujumi boşlanganidan keyin taqiqlangan edi. Bir neça oy oldin, AQŞ rasmiylari Vaşingtonga köra, «Ukrainani beqarorlaştirgan» degan asosda Voloşinga qarşi sanksiyalar joriy etgan edi. 2023 yilda Voloşin Ukrainada davlatga xiyonatda ayblangan.