Öng qanot populistik «Germaniya uçun muqobil» (GuM) partiyasidan Yevroparlament deputati Maksimilian Kra Xitoy razvedka xizmatlaridan pul olgan bölişi mumkin. Bu haqda WDR, NDR media-kompaniyalari va Süddeutsche Zeitung (SZ) gazetasining 16 may, payşanba kuni çop etilgan suriştiruvida aytiladi. Vositaçi Kra ofisining xodimi bölişi mumkin - aslib kelib çiqiş xitoylik bölgan Germaniya fuqarosi Tszyan G., u xorijiy razvedka xizmatining agenti sifatida işlaganlikda gumon qilinmoqda.
Tergov ma’lumotlariga köra, G. bölajak Yevroparlament saylovlarida GuMning yetakçi nomzodiga katta summani bir neça bor yuborgan, şu jumladan Kra yuridik firmasi tomonidan berilgan soxta hisob-fakturalar orqali. Şunday qilib, tergovçilar advokatlik firmasining hisobiga Xitoy kompaniyasidan kelib tuşgan 14 ming yevroni aniqladi. Kraning özi 2023 yil yanvar oyida advokatlik faoliyati bilan şuğullaniş litsenziyasidan voz keçganini aytdi.
Tszyan G.ning tutib olingan xabarlari
Xavfsizlik idoralari Tszyan G. faoliyati haqida uning aloqalarini bir yildan ortiq kuzatib boriş orqali ma’lumot olgan. Xususan, xabarlardan birida erkak 20 yil davomida Xitoy razvedka xizmatining xodimi bölganini ma’lum qilgan. Yana bir xabarda G. Yevroparlament deputati rahbariga jami 50 ming yevrodan ortiq pul tölaganini aytgan. Tergovçilar pullar deputat yordamçisining öz mablağlari hisobidan emas, balki Xitoy razvedkasi hisobidan kelganini taxmin qilmoqda.
Kra öz advokati orqali OAV sörovlaridan avval yordamçisiga ehtimoliy pul tölovlari böyiça gumonlar haqida «bilmaganini» tuşuntirdi. Drezden prokuraturasi Kraga nisbatan «parlament a’zosi sifatidagi faoliyati uçun Rossiya va Xitoydan pul olgani haqidagi taxminlar» böyiça dastlabki tergov ötkazmoqda.
Kraning xodimi hibsga olinişi
Kraning yordamçisi Tszyan G. 22 aprel kuni Drezdenda jinoyat işlari böyiça boşqarma xodimlari tomonidan qölga olindi. Uning uyida tintuv ötkazildi. Germaniya boş prokurori u «Xitoy razvedka xizmati xodimi» ekanligini va 2024 yil yanvar oyida «Yevropa parlamentidagi muzokaralar va qarorlar haqidagi ma’lumotni razvedka xizmatidan bölgan buyurtmaçiga» uzatganini aytdi. Yevroparlamentdan rasmiy ma’lumotlarni topşirişdan taşqari, u razvedka xizmatining körsatmasi bilan Germaniyadagi xitoylik muxolifatçilarni kuzatiş bilan şuğullangan. 24 aprel kuni Tszyan G. hibsga olindi.
Germaniya huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga köra, hibsga olingan Tszyan G. Yevroparlamentdan ma’lumotni xorijiy razvedka xizmatiga uzatgan. Maksimilian Kraning özi Xalqaro savdo qömitasi, şuningdek, Yevropa Ittifoqi parlamentining inson huquqlari, xavfsizlik va mudofaa böyiça quyi qömitalarining a’zosi va AQŞ bilan aloqalar böyiça delegatsiya tarkibiga kiradi. U 2019 yildan buyon birga işlagan xodimi hibsga olingani haqida OAVdan bilganini aytdi. U qöşimça ma’lumotga ega emasligini bildirdi. «Xorijiy davlat foydasiga josuslik qiliş jiddiy ayblovdir», dedi Kra Tszyan G.ni darhol işdan böşatganini qöşimça qilib.

















