Drezden prokuraturasi Rossiya va Xitoydan pul olganlikda gumon qilinayotgan öng qanot populistik «Germaniya uçun muqobil» (GuM) partiyasi siyosatçisi Maksimilian Kraga qarşi dastlabki tergov boşladi. 24 aprel, çorşanba kuni prokuratura vakili Reuters va AFP sörovlariga javoban Yevroparlament a’zosiga qarşi iş 18 aprel kuni OAVning sönggi xabarlari asosida oçilganini bildirdi.
Bundan taşqari, Drezden prokuraturasi Yevroparlament deputati Maksimilian Kraga nisbatan uning deputat sifatidagi faoliyati uçun Xitoydan tölovlar olgani böyiça ikkinçi dastlabki tergovni olib bormoqda, deya qöşimça qildi u.
Jarayonlar Kraning xodimiga qarşi tergov bilan boğliq emas
Şu bilan birga, Drezdenda ta’kidlanişiça, ayni paytda deputatning qonunni buzuvçi xatti-harakatlari haqidagi gumonlar asosli yoki asosli emasligini tekşiriş uçun ikkita dastlabki tergov olib borilmoqda. Bu tartib-qoidalar Germaniya Federal prokuraturasi tomonidan Xitoy razvedka xizmatlarida işlaganlikda gumon qilingan Kraning xodimi - Germaniya fuqarosi Tszyan G.ga nisbatan olib borilayotgan tergov bilan heç qanday aloqasi yöq, deya qöşimça qildi prokuratura vakili.
Maksimilian Kra Yevroparlamentga bölajak saylovlarda GuM partiyasining asosiy nomzodi hisoblanadi. 24 aprel kuni u partiya rahbariyatiga hali ham uşbu röyxatni boşqarmoqçi ekanligini ma’lum qildi.
Yevroparlamentda Xitoyga josuslik qiliş böyiça gumonlar atrofidagi janjal
Kraning yordamçisi Tszyan G. 22 aprel kuni Drezdenda jinoyat işlari böyiça boşqarma xodimlari tomonidan qölga olindi. Uning uyida tintuv ötkazildi. Germaniya boş prokurori u «Xitoy razvedka xizmati xodimi» ekanligini va 2024 yil yanvar oyida «Yevropa parlamentidagi muzokaralar va qarorlar haqidagi ma’lumotni razvedka xizmatidan bölgan buyurtmaçiga» uzatganini aytdi. Yevroparlamentdan rasmiy ma’lumotlarni topşirişdan taşqari, u razvedka xizmatining körsatmasi bilan Germaniyadagi xitoylik muxolifatçilarni kuzatiş bilan şuğullangan. 24 aprel kuni Tszyan G. hibsga olindi.
Germaniya huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga köra, hibsga olingan Tszyan G. Yevroparlamentdan ma’lumotni xorijiy razvedka xizmatiga uzatgan. Maksimilian Kraning özi Xalqaro savdo qömitasi, şuningdek, Yevropa Ittifoqi parlamentining inson huquqlari, xavfsizlik va mudofaa böyiça quyi qömitalarining a’zosi va AQŞ bilan aloqalar böyiça delegatsiya tarkibiga kiradi. U 2019 yildan buyon birga işlagan xodimi hibsga olingani haqida OAVdan bilganini aytdi. U qöşimça ma’lumotga ega emasligini bildirdi. «Xorijiy davlat foydasiga josuslik qiliş jiddiy ayblovdir», dedi Kra Tszyan G.ni darhol işdan böşatganini qöşimça qilib.

















