Eronning xatosi yoki Isroilning ğalabasi? Isroilliklar deyarli barça nişonlarni qanday urib tuşirdi va endi nima böladi
|01:39 / 17.04.202441 36611 min
Foto: ReutersFoto: Reuters
Eron özining asosiy duşmani bölgan Isroilga tarixdagi ilk töğridan töğri zarbasi muvaffaqiyatli qaytarildi. Yarim yil muqaddam Hamas hujumini ötkazib yuborgan Isroil hukumati bu safargi zarbaga tayyor bölib çiqdi va ittifoqçilari kömagida nisbatan jiddiyroq raqibining yuzlab dronlari, ballistik va qanotli raketalarini urib tuşira oldi.
BBC şarhlovçilari Pavel Aksenov va Grigor Atanesyan şanba oqşomida Yaqin Şarq osmonida nimalar röy bergani va bu Ğarbning Isroilni qöllaşiga, arab dunyosi pozitsiyasiga va Ğazodagi uruşning davomiga qanday ta’sir körsatişini tahlil qildi.
«Al-Aqso osmonida raketalar»: natijalar haqida tomonlar nima deyişdi?
Eronning Isroilga 13 aprel kungi hujumi Islom respublikasining Damaşqdagi konsulligiga berilgan aviazarbaga javob böldi, Tehron aviazarbada Isroilni ayblagandi. Isroil hukumati öz an’anasiga köra bunday amaliyotlardagi iştirokini tasdiqlamaydi va rad etmaydi.
Yakşanba kuni 300 dan ortiq dronlar va raketalar Erondan, Isroil tomon uçirildi, şuningdek uning Iroq, Suriya va Yamandagi ittifoqçilari bazalaridan ham hujum amalga oşirildi.
Isroillik va amerikalik hariylar havodagi nişonlarning 99 foizi urib tuşirilganini aytgan. Bunda Isroilga AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya va Iordaniya harbiylari yordam körsatgan.
Keyinroq TsAHAL rasmiysi, general Piter Lerner hujumda 170 ta pilotsiz uçiş apparatlari, 30 ta qanotli raketalar va 120 ta ballistik raketadan foydalanilganini ma’lum qildi. Ballistik raketalardan bir neçtasi Isroil janubidagi Nevatim aviabazasiga yetib kelgan, ammo jiddiy şikast yetkaza olmagan va harbiy obekt faoliyatini davom ettirmoqda, degan Lerner.
Tinç aholi orasida ham jiddiy talafotlar yöq, faqat bir qiz yaralangani haqida ma’lum qilingan.
Isroil ma’lumotiga köra, raketa parçalari Arad şahri atrofida bir qizni yaralagan. Foto: Reuters
Bu hujum Rossiya armiyasining Ukraina böylab beradigan zarbalariga öxşab ketadi. Bu ham yopirilma hujum bölib, unda turli vositalar, pilotsiz qurilmalar, qanotli va ballistik raketalar birdaniga qöllanadi. Bundan maqsad havo hujumidan mudofaa tizimini turli nişonlarga qarşi kuraşişga majburlab, maksimal darajada band qilişdir. Rossiyaning ittifoqçisi sanalgan Eron bunday zarbalardan saboq olgani körinib turibdi.
Mavzuga oid
Rossiyaning Ukraina böylab eng yirik havo hujumida 100 dan ortiq dron va raketalar iştirok etgandi. 29 dekabr kungi hujumda, Ukraina qurolli kuçlari ma’lumotiga köra, havo nişonlari soni 158 ta bölgan, şundan faqat 87 raketa va 27 ta dronni urib tuşirişning imkoni bölgan. Turli vositalar birdaniga qöllanişi Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimiga katta yuklama tuşirgan va barça hujumlarni qaytarişning imkoni bölmagan.
Eron ham bu qadar köp miqdorda dron va raketalar uçiriş orqali Isroil havo hujumidan mudofaa tizimini bostirişni közlangadi.
Ammo Isroilning vaziyati boşqaçaroq keçdi. Ikki hafta mobaynida Eronning turli darajadagi spikerlari javob zarbasiga tayyorgarlik körilayotgani töğrisida bong urişdi. Bu esa Isroil va uning ittifoqçilariga himoyaga tayyorlaniş hamda havo nişonlariga qarşi kuraş vositalari, jumladan esminetsni olib kelib joylaştirişga imkon berdi.
Eron hududidan uçirilgan raketa va dronlar nişonga qadar katta masofani bosib ötişi talab etilardi. Ular Isroilga yetib borguniga qadar bir neça mamlakat hududidan ötişi kerak edi.
Hujumlarni qaytarişda amerikaliklar (CNN telekompaniyasi ma’lumotiga köra, AEGIS havo hujumidan mudofaa tizimi bilan jihozlangan esminets kamida uçta ballistik raketani urib tuşirgan, köplab nişonlar harbiy samolyotlar tomonidan yöq qilingan), Isroil harbiy-havo kuçlari, quruqlikdagi havo hujumidan mudofaa qismlari iştirok etgan. Önlab dronlarni esa Iordaniya aviatsiyasi öz hududida urib tuşirgan.
Rossiyaning Ukraina böylab har qanday zarbalaridan kengroq kölamdagi bunday hujum — razvedka ma’lumotlari mavjudligi, bir neça davlatlarning havo hujumidan mudofaa tizimlari uyuşgan holatda harakat qilişi va quruqlikda ham, havoda ham havodagi nişonlarni tösib qoluvçi vositalar yetarliça bölgani evaziga amalda töliq qaytarildi.
Isroillik siyosatçilar va şarhlovçilarning fikri bir joydan çiqmoqda: Eron hujumini qaytariş jiddiy muvaffaqiyat böldi. Xalqaro kuzatuvçilar ham ularga qöşiladi.
«Eronning javobi strategik xato böldi deyiş uçun asoslar bor», — deya yozgan Economist naşrining Yaqin Şarq böyiça muxbiri Greg Karlstrom. Uning fikriça, sönggi oylarda Isroil tobora yakkalanib qolayotgan, Eron esa mojaroga bevosita iştirok etişdan qoçib, mintaqada proksi-kuçlar bilan muvaffaqiyatli harakatlanayotgan, şu bilan birga arab mamlakatlari bilan tinçlikni saqlab qolayotgandi. Ammo şanba kungi hujum kuçlar nisbatini özgartirib yubordi: endi Eron zaif va samarasiz bölib körinmoqda.
Eronning hujumi Isroilga jiddiy talafot yetkaza olmagan bölsa-da, Tehrondagi naşrlar va siyosatçilar bu hujumni duşmanga qattiq javob sifatida taqdim etişmoqda.
«Eron raketalari tarixda ilk bor bosib olingan Falastin poytaxti Quddusdagi Al-Aqso masjidi uzra paydo böldi», — deya yozgan IRNA davlat axborot agentligi, Qoyalar gumbazi masjidining tungi osmonida raketalar uçayotgani videosini namoyiş etgan holda.
Isroil yakşanba kuniyoq normal hayot tarziga qaytdi. Foto: Getty Images
Ammo tanqidçilar Hamasning ötgan yil 7 oktyabridagi hujumidan farqli ölaroq, Eron öz hujumi haqida oldindan maksimal darajada ogohlantirganiga e’tibor qaratgan.
Eron hujumining muvaffaqiyatsizligidagi muhim element «bu haqda kulgili darajada batafsil ogohlantirgani» böldi, deb hisoblaydi Isroildagi sölçilar va muxolifatçilarning +972 jurnali asosçisi Dimi Reyder.
«Bu [Eron] Isroilga zarar yetkazmaslikni istaganidan emas. Bu şuning uçunki, u keng kölamli uruşdan qoçişni istadi», — deya yozgan jurnalist.
«Siz yutdingiz. Yutuğingizni oling»
Ğazodagi uruş 2023 yil 7 oktyabrida, Hamas harakati a’zolari Isroilga hujum qilib, 1,2 ming isroillikni öldirişi va yana 250 kişini garovga olişi ortidan boşlangandi. Şundan keyin Isroil armiyasi boşlagan harbiy amaliyot davomida Ğazoda 33 mingdan ortiq kişi halok bölgan.
Ğazodagi uruş kölami va uzoq davom etişi Isroil hamda uning Ğarbdagi ittifoqçilari örtasida jiddiy tuşunmovçiliklarga olib keldi.
Mart oyi oxirida amerikalik diplomatlar Isroilning pozitsiyasiga zid ölaroq BMT Xavfsizlik kengaşining Ğazoda zudlik bilan öt oçişni töxtatiş boraisdagi rezolyutsiyaga tösqinlik qilmadi. Ötgan haftada esa AQŞ Kongressining 50 nafardan ortiq a’zosi Isroilga qurol yetkazib berişni çeklaşga çaqirdi. AQŞ prezidenti Bayden oçiqçasiga Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning harakatlarini xato deb atamoqda.
Ammo Eronning hujumi bu kelişmovçiliklarni ikkinçi planga çiqarib qöydi. Ğarbdagi yetakçilar uni sözsiz qoralay boşladi. Endi Tehrondan bölayotgan jiddiy tahdidlar şaroitida Falastin tarafdori bölgan siyosatçilarning Isroilga qurol yetkazib berişga embargo qöyiş töğrisidagi ovozlari eşitilmay ketadi.
Ukraina prezidenti ham bu hujumni qoralab çiqdi.
«Biz Ukrainada Rossiya tomonidan xuddi şunday „şohid“ dronlari va raketalar xuddi şunday yopirilma havo zarbalari tarzida qöllanişining dahşatini juda yaxşi bilamiz», — deya yozgan Volodimir Zelenskiy.
Eronda hukumat tarafdorlari hujumni bayram qilişdi. Foto: Reuters
«Öylaymanki, Eronning Isroilga hujumi Britaniya qurollarini [Isroilga] yetkazib berişni taqiqlaş böyiça munozaralarni vaqtinça töxtatadi», — deya yozgan Pragadagi Xalqaro aloqalar institutining katta ilmiy xodimi Azriel Bermant X sahifasida.
Agar Ğazodagi uruş Isroil va arab davlatlari örtasida oldingi yillarda kuzatilgan yaqinlaşuv jarayonini töxtatgan bölsa, Eronning hujumi ularni yana umumiy tahdid qarşisida birlaştirmoqda. Masalan, Eron dronlari va raketalari Iordaniya harbiy-havo kuçlari tomonidan ham urib tuşirilgan, holbuki Hoşimiylar qirolligi hukumati yaqin vaqtgaça Isroilning Ğazodagi harakatlarini genotsidga tenglaştirayotgandi (Isroil bu ayblovni rad etgan).
AQŞ va uning ittifoqçilari Tehrondan mojaroni keskinlaştirişni bas qilişni talab etişgan. Bayden Katta yettilik davlatlari rahbarlarining videoaloqa orqali favqulodda yiğilişini çaqirdi — unga Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya va Yaponiya rahbarlari qöşildi.
Bayden ular Eronning hujumiga «birgalikda diplomatik javob» qaytarişlarini aytdi. Diplomatiyaga urğu qaratilgan — bu Isroilning harbiy javob qaytarişini istisno etişga uriniş, çunki Amerika mazkur proksi-mojaro mintaqadagi davlatlar örtasida halokatli oqibatlarga olib keladigan oçiq uruşga aylanib ketişidan xavotirlanmoqda.
Amerikadagi Axios naşrining Oq uydagi manbasiga köra, Bayden Netanyahuni uning javob zarbasini qöllamasligidan ogohlantirgan: Amerika unda iştirok etmaydi.
«Siz yutdingiz. Yutuğingizni oling», — degan Amerika rahbari isroillik hamkasbiga qarata (originalida «You got a win. Take the win»).
Isroil qanday javob qaytaradi?
Ammo Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant Eron bilan qarama-qarşilik hali yakunlanmaganini aytgan.
Isroil harbiy kabineti ehtimoliy javobni muhokama qilmoqda. Isroildagi Ynet sayti manbasi aytişiça, dilemma Tehronning harakatlariga qanday baho beriş kerakligida — niyatiga qarabmi yoki natijasiga.
Uşbu naşr manbasi harbiy kabinet Eron hududiga eskalatsiyaga olib kelmaydigan darajada zarba beriş variantlarini işlab çiqayotgani va muhokamadagi variantlardan biri atom obektlariga hujum bilan boğliq ekanini aytgan.
Bu vaqtda Eron qurolli kuçlari boş ştabi boşliği, general Muhammad Bahiriy tahdid bilan çiqiş qilgan: agar Isroil javoban harakat qilgudek bölsa, «bizning keyingi amaliyotimiz kölami ança kengroq böladi». U şuningdek agar isroilliklar amerikaliklar yordamida javob qiladigan bölsa, AQŞning Yaqin Şarqdagi bazalariga hujum qiliş bilan tahdid qilgan.
Bu vaqtda Ğazoda öt oçişni töxtatiş böyiça Qohirada ötayotgan muzokaralar boşi berk köçaga kirib qolgan.
Isroil boş vaziri ofisidagilar Hamas vakillari xalqaro vositaçilar — AQŞ, Misr va Qatar tomonidan taklif etilgan kelişuv rejasini rad etganini ma’lum qilgan.
Hamasdagilar Isroil sulhning ikkinçi bosqiçida Ğazodan qöşinlarni olib çiqiş haqida yozma va’da berişini talab qilgani, bu reja Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinliklar evaziga 7 oktyabr kuni garovga olingan isroilliklar ham ozod etilişini öz içiga olganini aytişgan.