Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) Eron tomonidan 14 aprelga ötar keçasi amalga oşirilgan havo hujumiga javob çoralari böyiça qaror qabul qildi. Bu haqda 16 aprel, seşanba kuni keçqurun The Jerusalem Post gazetasi bir neçta manbalarga tayanib yozdi.
Bu suhbatdoşlar naşrga Isroil harbiy vazirlar mahkamasi «Eron va uning işonçli vakillariga aniq qanday javob zarba berişi haqida qaror qabul qilganini, ammo buning uçun hali vaqt belgilamaganini» tasdiqladi.
«Çunki vaqt har xil bölişi mumkin va zarur bölgan barça murakkab tayyorgarliklar tufayli joriy qaror özgarişi mumkin», deb davom etadi naşr «Biroq, qarorning özi Isroil rahbariyati öç oliş uçun jiddiyligi va qat’iyatini körsatadi. Quddus mintaqaviy uruşga aylanib ketmasligi uçun hujumni yumşatişga harakat qilişda davom etyapti».
Mualliflarning kuzatuvlariga köra, «muhim signallar yaqin kunlarda yirik hujum (Isroil tomonidan) sodir bölmasligi va hatto uzoqroq muddatga keçiktirilişi mumkinligini körsatadi».
Isroilning Eron hujumiga javob beriş imkoniyatlari
Uşbu hujumning mohiyati böyiça, naşr yozişiça, quyidagi ssenariylar bölişi mumkin: qattiq - Eronning yadroviy obektlariga zarba beriş bilan, örtaça - Eronning Isroilga hujumida bevosita iştirok etgan uçuvçisiz uçoqlar yoki ballistik raketalar bilan boğliq obektlarga zarba beriş bilan va «çeklanganroq variantlar», masalan, «aniq şaxslarni öldiriş yoki IIMK mansabdor şaxslarini şeriklari bilan birga çet elda jazolaş yoki yuqoridagilarning ba’zilarini yirik kiberhujum bilan birlaştiriş».
Isroil harbiy vazirlar mahkamasi 16 aprel kuni Eronning Isroilga hujumidan keyin uçinçi bor yiğilib, Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL)ning unga qarşi ehtimoliy javobini muhokama qildi. Avvalroq TsAHAL matbuot kotibi Daniel Xagari Kiryat-Malaxi şahri yaqinida joylaşgan «Julis» harbiy bazasida jurnalistlar bilan suhbatda «Eron bu tajovuz uçun jazosiz qolmasligiga» va’da bergan edi. Avvalroq Isroil mudofaa kuçlari boş ştabi rahbari Gersi Halevi ham xuddi şunday bayonot bilan çiqdi.
Ayni paytda, Isroil harbiy vazirlar mahkamasi a’zosi Benni Gans Isroil Tehronga qarşi global va mintaqaviy ittifoq tuzişda AQŞ bilan hamkorlik qilib, qaçon va qanday javob qaytarişni hal etadi deya ma’lum qilgan, deb eslatdi The Times of Israel.
«Isroil strategik donolik bilan harakat qiladi va özi tanlagan joy, vaqt va uslubda javob beradi. Bu tafsilotlar oçiqlanmaydi», - deya naşr Gatsning Israel Hayom gazetasi tomonidan uyuştirilgan konferensiyada aytgan sözlaridan iqtibos keltirgan.


















