Duşanbedagi “Qasri Millat” davlat qarorgohida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tor doirada uçraşuv ötkazdi.

Siyosiy muloqotni rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy hamkorlikni, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almaşinuvni kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.

Yetakçilar Markaziy Osiyoning manfaatlarini ilgari suriş va uning barqaror taraqqiyotini ta’minlaş borasidagi sa’y-harakatlarni birlaştiriş maqsadida mintaqaviy tuzilmalar va xalqaro taşkilotlar doirasida konstruktiv hamkorlikni bundan buyon ham davom ettirişga intilişlarini tasdiqladilar.

Ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi tarixiy şartnomaning imzolanişi Özbekiston-Tojikiston munosabatlarida sifat jihatidan yangi bosqiçga ötiş ekani ta’kidlandi.

Şu ma’noda, ittifoqçilik munosabatlarining salohiyatini röyobga çiqariş barça darajalardagi muloqotlar natijadorligini oşirişni taqozo etişi qayd etildi.

Ta’kidlaş joizki, oxirgi yillarda tovar ayirboşlaş hajmi 40 barobar ösdi. Qöşma korxonalar soni 15 barobar köpaydi.

Hukumatlar oldiga tovar ayirboşlaşni 2 milliard dollarga yetkaziş, şu jumladan özaro mahsulot yetkazib beriş nomenklaturasini kengaytiriş, çegaraoldi savdo zonalarini tezkor işga tuşiriş vazifasi qöyildi.

Taşrif arafasida biznes forumi muvaffaqiyatli ötkazilgan bölib, uning yakunida yangi kooperatsiya loyihalari va savdo şartnomalarining katta portfeli şakllantirildi.

Maşinasozlik, elektrotexnika, energetika, konçilik, qişloq xöjaligi, töqimaçilik va farmatsevtika tarmoqlaridagi özaro manfaatli loyihalar şular jumlasidan.

Tomonlar kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça aniq rejalarni ham belgilab oldilar. Şu maqsadda qöşma Investitsiya kompaniyasining salohiyatidan foydalaniladi.

Madaniy-gumanitar almaşinuvlarni faollaştiriş muhimligi qayd etildi. Kinotomoşalar, konsertlar, spektakllar, körgazmalar va yoşlar forumlari muntazam ötkazilişi ta’kidlandi. Ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, hamyonbop turizm dasturlarini işlab çiqiş zarurligi körsatib ötildi.