19 aprel, jumaga ötar keçasi Isroil Erondagi obektga raketa hujumi uyuştirdi, deb xabar berdi ABC News öz ismini oşkor etmagan amerikalik rasmiyga tayanib.
«Eronning havo mudofaasi mamlakatning bir qança viloyatlari osmonida işlab ketdi», — deya xabar beradi IRNA Eron davlat axborot agentligi.
Eronning Fars agentligi xabariga köra, Isfahon aeroportida portlaş ovozi eşitilgan, biroq portlaş sabablari ma’lum emas. CNN telekanalining xabar berişiça, Eron ğarbidagi havo hududida bir neça yölovçi laynerlari yönalişlarini özgartira boşlagan.
Eron rasmiylari bu ma’lumotga hozirça izoh bermagan.
Eronning Isroilga hujumi
14 aprelga ötar keçasi Eron Isroilga havodan katta hujum uyuştirdi. Isroil mudofaa kuçlari ma’lumotlariga köra, 170 ta dron, 120 dan ortiq ballistik raketalar va 30 dan ortiq qanotli raketalar mamlakatga hujum qilişga uringan, biroq Isroil va uning ittifoqçilari ularning 99 foizini, aksariyatini - mamlakat taşqarisida urib tuşirişga muvaffaq bölgan. Faqat bir neçta raketa Isroil hududiga yetib bordi, janubdagi aviabazaga tuşib, «kiçik zarar» keltirdi», deyiladi TsAHAL xabarida.
Erondan taşqari, Isroilga hujumlar Yaman husiyçilari, şuningdek, Iroq hududidan eronparast guruhlar tomonidan amalga oşirilgan.
10 aprel kuni Tehron Isroilga Suriya poytaxti Damaşqdagi Eron konsulligi binosiga uyuştirilgan hujum uçun javob qaytariş bilan tahdid qilgan edi. Hujum oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusining yetti nafar a’zosi, jumladan, ikki general halok böldi. Şundan söng Eronning oliy yetakçisi Oyatulloh Ali Xomanaiy «sionistik rejim jazolanişini» aytdi.


















