Oktyabr oyida bölib ötadigan parlament saylovlarida gurjistonlik saylovçilar muhim tanlovni amalga oşirişi kerak, deb hisoblaydi Gurjiston prezidenti Salome Zurabişvili. Ular Gurjiston «Yevropa yoki Rossiya bilan bölişi kerakmi» degan aniq savolga javob berişi lozim böladi, dedi u 18 aprel, payşanba kuni DW naşriga bergan intervyusida. 

Zurabişvili parlament tomonidan bekor qilinişi kutilayotgan «çet el agentlari» töğrisidagi qonun loyihasiga veto qöyiş niyatida ekanligini tasdiqladi. Faqat fuqarolarning noroziliklari va ularning oktyabrdagi saylovlarda bildiradigan pozitsiyasi parlamentariylarning rejalariga xalaqit berişi mumkin, dedi u. «Va bu aholi, Gurjiston va uning YeIga kirişi uçun asosiy sinov böladi», - deya qöşimça qildi prezident. 

Zurabişvili Rossiya bosimi haqida gapirdi 

Zurabişviliga köra, «çet el agentlari» töğrisidagi qonun loyihasi bir neça yil avval Rossiyada qabul qilingan xuddi şunday qonunni takrorlaydi va Gurjistonda mustaqil davlat sifatida tarixining boşidan buyon mavjud bölgan ommaviy axborot vositalari erkinligi va xalqaro taşkilotlar faoliyatini çeklaşga qaratilgan. Bundan taşqari, uşbu qonun loyihasi Gurjistonning demokratiya yölidagi taraqqiyotini va umuman, mamlakatning Yevropa va yevroatlantika integratsiyasiga intilişini çeklaydi, dedi u. 

Şu bilan birga, Zurabişvili Tbilisi joriy yil oxirigaça Yevropa Ittifoqiga qöşiliş böyiça muzokaralarni boşlaş imkoniyatiga ega bölişini kutayotganini eslatdi. «Bu juda muhim qadam va Rossiya bu yölda bosim va tösiqlar ötkazayotgani ajablanarli emas. Şuning uçun bu masalada Rossiyaning ta’siri haqida savollar paydo bölmoqda», - dedi u. 

Gurjistonda «Çet el agentlari» töğrisidagi qonun 

Aprel oyi boşida hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi bir yil avval Tbilisida ön minglab odamlar iştirokidagi ommaviy norozilik namoyişlaridan söng qaytarib olingan qonun loyihasining özgartirilgan variantini yana ovozga qöyiş niyatida ekanligini ma’lum qildi. Gurjistonda munozarali «Xorijiy ta’sirning şaffofligi töğrisida»gi qonun Rossiyaning «çet el agentlari» töğrisidagi qonuniga öxşaşdir. U 17 aprelda birinçi öqişda qabul qilindi.

Hujjatga köra, mablağning kamida 20 foizini xorijdan oladigan taşkilotlar tegişli organlarda röyxatdan ötişi şart. Agar qonunning dastlabki tahririda bunday taşkilotlar «çet el agentlari» deb tasniflangan bölsa, hozirgi loyihada gap «çet el davlati manfaatlarini ifodalovçi taşkilotlar» haqida ketmoqda. Röyxatdan ötişdan böyin tovlaş 25 000 lari (taxminan 9 ming yevro) miqdorida jarimaga sabab böladi va takroriy jazolar qöllanişi mumkin.