Ispaniya Oliy sudi Isroilning NSO Group kompaniyasining Pegasus josuslik dasturidan foydalangan holda boş vazir Pedro Sançes va boşqa ispan siyosatçilarining telefonlari buzib kirilgani ehtimoli böyiça tergovni qayta boşladi. Oliy sudning 23 aprel, seşanba kuni e’lon qilingan bayonotida aytilişiça, sudya Xose Luis Kalama Fransiya adliya organlaridan yangi ma’lumotlarni olganidan keyin tergovni qayta boşlaşga qaror qildi. 

Sudning ta’kidlaşiça, ikki mamlakat tergovçilari tomonidan töplangan texnik elementlarni taqqoslaş ispan va fransuz siyosatçilarining mobil telefonlarini buzib kiriş ortida kim turganini aniqlaş uçun tergovni oldinga siljitiş imkonini berişi mumkin. Ispaniyada boş vazir Sançesdan taşqari, gap uç vazir haqida ketyapti: mudofaa - Margarita Robles, içki işlar - Fernando Grande Marlaske va qişloq xöjaligi - Luis Planas. Fransiyada prezident Emmanuel Makron va mamlakat hukumati bir qator a’zolarining smartfonlari josuslik dasturlari bilan zararlangan. 

Ispaniyada tergov töxtatilgandi

Tergov 2022 yilda Madriddagi hukumat Isroilning NSO Group dasturiy ta’minoti vazirlar ortidan josuslik qiliş uçun işlatilganini bildirganida boşlangan edi. Bu Ispaniyada siyosiy inqirozni keltirib çiqardi. 2023 yilda tergov Isroil tomonidan «huquqiy hamkorlikning umuman yöqligi» tufayli töxtatildi. 

Isroil razvedka xizmatlari xodimlari tomonidan asos solingan NSO işlab çiqqan Pegasus josuslik dasturi hakerga smartfonning tovuşi, kamerasi va xotirasiga kiriş imkonini beradi. 

2023 yil sentabrida «Meduza» internet-naşri asosçisi Galina Timçenkoning ayfoni uşbu dastur bilan zararlangani ma’lum böldi. Öşanda NSO Group vakili «Meduza» murojaatiga javoban, kompaniyaning işlanmalari «faqat AQŞ va Isroilning ittifoqçilariga, ayniqsa Ğarbiy Yevropada, faqat jinoyatçilar va terrorçilarga qarşi kuraş uçun sotilişi, bu Amerika milliy xavfsizligining global manfaatlari bilan töliq mos ravişda amalga oşirilişi»ni ma’lum qildi. 

Qayd etilişiça, NSO Pegasus’ni faqat davlat mijozlariga sotadi va undan birinçi navbatda razvedka idoralari foydalanadi. 2021 yilda kompaniya Rossiya dasturni sotib olmoqçi ekanligini aytdi, ammo taklif rad etildi.