Joriy yil 16 aprel kuni Toşkent Kimyo xalqaro universitetida ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimining muvofiqlik sertifikatini tantanali topşiriş böyiça tadbir bölib ötdi. Tadbirda universitet professor-öqituvçilari hamda ISO 9001 sifat menejmenti tizimi standarti böyiça sertifikatlaştiriş organi xodimlari iştirok etdi.

ISO 9001 sertifikati nima?

ISO 9001 sifat menejmenti tizimi dunyo miqyosida qabul qilingan xalqaro standart bölib, u nafaqat mijozlarning talab-ehtiyojlarini qondirişga, balki taşkilot oldida turgan strategik biznes-vazifalarni hal qilişga ham yönaltirilgan. Sertifikatlaştiriş jarayonida xizmat körsatiş sohasidagi risklar va imkoniyatlarni baholaş, boşqaruv jarayonidagi xato-kamçiliklarni bartaraf etiş va oldini oliş imkoni yaratiladi.

 

Uşbu sertifikatga ega böliş oldidan Toşkent Kimyo xalqaro universitetida akkreditatsiya böyiça Birlaşgan qirollikdagi yagona milliy organ hisoblangan Buyuk Britaniyaning UKAS – Birlaşgan qirollik akkreditatsiya xizmati tomonidan akkreditatsiyalangan, dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida öz idoralariga ega bölgan URS Certification – Sertifikatlaştiriş mustaqil organining Özbekistondagi rasmiy hamkori “Russkiy Registr – Srednaya Azia” OAJ sertifikatlaştiriş organi mutaxassislari tomonidan taşqi audit ötkazildi. UKAS va URS sertifikatlari muvofiqlikni baholaş, xususan, sertifikatlaş, sinov, inspeksiya, kalibrovka va verifikatsiya kabi xizmatlarni taqdim etuvçi taşkilotlarning milliy va xalqaro standartlarga muvofiqligini baholaş uçun tan olingan sertifikatlardir. Audit natijalariga köra, “Toşkent Kimyo xalqaro universiteti” OAJ ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi xalqaro standarti talablariga javob berişi tasdiqlandi.

Xalqaro darajada tan oliniş va bitiruvçilar uçun yorqin kelajak

Davolaş işi va stomatologiya yönalişlari rahbari Jobir Ahmedov sertifikatga ega bölişning afzalliklari haqida ma’lumot berdi:

“Bu sertifikatni oliş uçun xalqaro darajadagi talablari bor. Bular dunyoning yetakçi universitetlari oldiga qöyilgan talablar hisoblanadi. Bunda universitet faoliyatining har bir bosqiçi alohida ekspertlar guruhi tomonidan örganib çiqiladi.

ISO 9001 sertifikati – ta’lim sifatiga berilgan baho deb aytişimiz mumkin. Bugun davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari örtasida ijobiy raqobat paydo böldi. Bunda ta’lim sifati juda katta ahamiyatga ega. Şunday sertifikatning borligi esa universitetning katta imiji hisoblanadi. Çunki sertifikatga ega bölgan universitetda öqiş istagini bildirgan talabalar soni köpayadi. Nafaqat özimizda, balki xorijda ham buni istaydigan abituriyentlar soni ortadi.