Jinoyat işlari böyiça Marğilon şahar sudida yolğon xabar beriş bilan boğliq jinoyat işi körib çiqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, 1990 yilda Marğilon şahrida tuğilgan Nurulloh Mavlonov özining novvoy tanişi va boşqa bir neçta şaxslar ustidan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yolğon xabar bergan.
U 2023 yil 15 dekabr kuni DXX Farğona viloyati boşqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, Marğilon şahrida yaşovçi fuqarolar B.Ibragimov, A.Mamajonov va boşqa şaxslarning turli xildagi taqiqlangan diniy uyuşmalarga a’zoligi, ular odamlarni “jihod” qiliş, “şahid” böliş kabi harakatlarga undayotgani hamda Özbekiston hududida öta oğir jinoyatlarni sodir etişga tayyorgarlik körayotganini bildirgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida N.Mavlonovning arizasida körsatilgan holatlar yolğon xabar ekani aniqlangan.
Nurulloh Mavlonov öz arizasida 2023 yilning sentabr oyida Marğilon şahrida yaşovçi, novvoyçilik bilan şuğullanuvçi B.Ibragimov bilan tanişganini, uşbu şaxs uni asta-sekinlik bilan diniy amallarni bajarişga da’vat qila boşlaganini, oktyabr oyida Ibragimov özini Farğona şahrida joylaşgan xonadonlardan biriga taklif qilib, Marğilon şahrida yaşovçi A.Mamajonov hamda Qöqon şahridan bölgan Anvar va Toşloq tumanidan bölgan Akmal ismli şaxslar bilan taniştirganini, şundan söng uşbu şaxslar bilan Marğilon şahridagi “Asr”, “Yangi davr” va “Şarq” çoyxonalaridagi diniy yiğilişlarda qatnaşganini keltirgan.
Şuningdek, u 2023 yil oktyabr oyida B.Ibragimov daromadli iş borligini aytib, uni Farğona şahri Abdulla Qodiriy mavzesida joylaşgan xonadonlardan biriga olib kelgani va qora rangli qopga öralgan 2 ta öqotar qurollar – “PM” töpponçasi hamda “Kalaşnikov” avtomatini olib çiqib, töpponçani unga berganini, Ibragimovdan uşbu qurollar nima maqsadda saqlanayotganini söraganida, 2023 yil 29 dekabr kuni Toşkent şahrida amalga oşirilişi kutilayotgan qöporuvçilik harakatlarida foydalanilişi rejalaştirilayotganini ma’lum qilganini bayon etgan.
Bundan taşqari, u arizasida B.Ibragimov Suriyadagi xalqaro terroristik taşkilotlar safiga Özbekiston fuqarolarini jönatiş bilan şuğullanib kelişini, uning topşiriğiga binoan 2023 yil 1 dekabr kuni Farğona şahri markazida namanganlik Behzod ismli hamda Toşkent şahridan bölgan şaxslar bilan uçraşib, ularni Toşkent şahriga jönatib yuborganini, uşbu şaxslar “Toşkent-Rossiya-Turkiya-Suriya” yönalişidagi aviareyslar orqali uçib ketib, Suriyadagi terrorçi taşkilotlar safiga qöşilgani haqida ma’lumot bergan.
Sudda sudlanuvçi arizasida körsatib ötilgan uşbu holatlar bölmaganini, ya’ni yolğon ekanini aytib, aybiga iqror bölgan. U mazkur yolğonni öylab topişdan maqsadi qarzlaridan qutuliş bölganini bildirgan. Ya’ni Marğilon şahrida yaşovçi bir neçta fuqarolarning ustidan DXXga yolğon ma’lumot bersa, ular qarzlarini söraşmaydi deb öylagan.

















