Estoniya, Latviya va Litva taşqi işlar vazirlari Boltiq dengizi mintaqasida GPS sun’iy yöldoş navigatsiya tizimining bostirilişi tufayli samolyotlar halokati xavfi kuçayişi haqida ogohlantirdi va bunda Rossiyani aybladi. Bu haqda 29 aprel, duşanba kuni Financial Times yozmoqda.
«Rossiya çegaralari yaqinidagi Boltiqböyi mintaqasida vaziyat juda xavfli bölib bormoqda», - dedi Litva taşqi işlar vaziri Gabrielyus Landsbergis.
«Biz GPS bilan sodir bölayotgan voqeani Rossiyaning duşman harakatlari bir qismi sifatida körmoqdamiz va biz buni ittifoqçilarimiz bilan albatta muhokama qilamiz», dedi Estoniya taşqi işlar vazirligi rahbari Margus Tsaxkna. Uning sözlariga köra, bunday harakatlar «gibrid hujum bölib, xalqimiz va xavfsizligimizga tahdid soladi, biz bunga toqat qilmaymiz».
Latviya taşqi işlar vaziri Bayba Brajyening qöşimça qilişiça, Boltiqböyi mamlakatlari GPS bilan boğliq «hodisalar»ga jiddiy yondaşadi va bu masala böyiça «boşqa davlatlardagi hamkasblari bilan aloqada».
GPS’dagi nosozlik ikkita fin samolyotining Estoniyaga yetib borişiga tösqinlik qildi
25 va 26 aprel kunlari Finnair Finlandiya milliy aviakompaniyasining Helsinkidan Estoniyaning Tartu şahriga uçayotgan ikkita samolyoti GPS tizimidagi nosozliklar tufayli Finlandiyaga qaytişga majbur böldi.
Mutaxassislarning baholaşiça, sönggi oylarda ön minglab fuqarolik reyslari GPS işidagi nosozlikdan zarar körgan. Boltiq dengizi hududidagi barça navigatsiya tizimi foydalanuvçilariga ta’sir qilgan holat, şuningdek, kemalar tomonidan işlatiladigan signallarning uzatilişiga ham tösqinlik yaratdi.
FT bilan suhbatlaşgan ekspertlar GPS signallari nisbatan arzon uskunalar yordamida bostirilişi mumkinligini qayd etdi.
Heç bir davlat GPS işiga xalaqit bergani uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmadi, biroq Boltiqböyi mintaqasida Rossiya şu yöl bilan Kaliningradni Ukraina uçuvçisiz uçoqlarining ehtimoliy hujumlaridan himoya qilişga urinmoqda, deb işoniladi. Kreml jurnalistlarning izoh söraşiga javob bermadi.
2024 yil mart oyida Britaniya mudofaa vaziri Grant Şepps bortida bölgan Qirollik harbiy-havo kuçlari samolyoti Polşadan qaytib, Kaliningrad yaqinida parvoz qilayotganda GPS signalini yöqotgandi.

















