Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufida bölgan Information Technology Center MÇJdagi 49 foiz davlat uluşi sotiladi. Bu haqda «Iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarorida keltirib ötilgan.
Information Technology Center MÇJ 2019 yilning 12 iyul kuni taşkil etilgan. Faoliyat turi – dasturiy ta’minotlar çiqariş. Kompaniyaning 49 foiz uluşi «Telekommunikatsiya tarmoqlarini boşqariş respublika markazi DUK»ga, 51 foizi Delta Telecom International’ga tegişli.
Information Technology Center MÇJ UzIMEI operatorining egasi hisoblanadi.
Avvalroq, xususiylaştirişning yangi dasturi böyiça 247 ta korxonadagi davlat aksiya paketlari va 1028 ta köçmas mulk obekti savdolarga çiqarilişi xabar qilingandi. Xususan, Silk Avia aviakompaniyasi va Humo tölov tizimidagi 100 foiz davlat uluşi ommaviy sotilişi ma’lum qilingandi.












