Internet-qaroqçilik. Bu uçun qanday javobgarlik bor?
|18:11 / 30.04.202410 65110 min
Qirğizistonlik rejissyor Ruslan Akunning «Jannat onalar oyoği ostida» filmi hali premerasi tugamay turib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi. Bu esa jamoatçilik orasida keskin e’tirozlarga sabab bölyapti. Huquqşunos Murodjon Najmiddinovning tuşuntirişiça, muallif ruxsati olinmay tarqatilayotgan film havolasini şaxsiy xabarda ulaşiş ham javobgarlikka sabab böladi.
Foto Steve Marcus / ReutersFoto Steve Marcus / Reuters
Filmni tarqatiş qay darajada qonuniy? Agar kişilar bir-biriga şaxsiy xabarlar orqali jönatişsa-çi? Filmni ruxsatsiz tarqatganlik uçun qanday javobgarlik bor va uni kino ijodkorlarning arizasisiz ham qöllaş mumkinmi? Huquqşunos Murodjon Najmiddinovning hudud24.uz saytida e’lon qilingan maqolasida şu savollarga batafsil javob berildi.
Filmni tarqatiş qay darajada qonuniy? Agar kişilar havolasini bir-biriga şaxsiy xabarlar orqali jönatişsa-çi?
Ta’kidlaş lozimki, filmlar mualliflik huquqi obekti bölib, ham milliy qonunçilik, ham xalqaro qonunçilik bilan himoya qilinadi.
Jumladan, «Mualliflik huquqi va turdoş huquqlar töğrisida»gi qonunga asosan muallif asardan har qanday şaklda va usulda foydalanişda mutlaq huquqlarga ega. Muallifning mutlaq huquqlari asardan bevosita özi foydalanişi yoki foydalaniş uçun boşqalarga ruxsat berişini anglatadi. Şu jumladan, filmni tarqatiş huquqini ham.
Şuningdek, muallif öz asaridan foydalanişning har bir turi uçun haq oliş huquqiga ega. Asardan foydalanayotgan daromad olişni maqsad qilganmi yoki yöq, baribir asardan foydalangan hisoblanadi.
Şundan köra, filmni istalgan şaklda va joyda tarqatiş uçun huquq egasidan (mualliflik, mualliflik huquqini boşqaruvçi taşkilot yoki mualliflik şartnomasini tuzgan tarafdan) ruxsat olinişi şart. Bu talab faqatgina blogerlar, striming platformalari va telekanallargagina emas, balki barçaga taalluqli. Masalan, Telegram tarmoğida kanallardan birida film tarqaldi. Bu örnida faqatgina uni joylagan kanal egasi emas, balki tanişingizga şaxsiy xabarlar orqali ulaşgan siz ham javobgar bölasiz.
Bunda film qay maqsadda tarqatilganligi, tarqatiş uçun rozilik olinişi lozimligidan xabarsiz ekanlikning heç qanday ahamiyati yöq – har qanday holatda ham qonun buziladi.
«Internet-qaroqçi»larni javobgarlikka tortiş uçun muallif arizasi şartmi?
Javob – yöq. Huquq egasi arizasisiz ham Internet-qaroqçilarni javobgarlikka tortiş mumkin. Faqat ma’lum talab va şartlar bilan.
Masalan, birinçi holatda, film tadbirkorlik sub’yekti hisoblangan telekanal tomonidan Internet tarmoğidagi sahifalariga joylandi. Aytaylik, hali film premerasi tugamagan. Va bu holatdan barça xabar topdi, şu jumladan, vakolatli organlar ham. Şunga qaramay ular telekanal mansabdor şaxsini töğridan töğri javobgarlikka tortolmaydi. Bu örinda inobatga olinişi lozim bölgan yuridik me’yorlar mavjud.
Mavzuga oid
Jumladan, qonun böyiça mualliflik şartnomasi orqali filmni tarqatişga bölgan huquqlarni boşqaga ötkaziş mumkin. Şu bois, telekanal javobgarlikka tortişdan oldin uning filmni tarqatiş uçun huquq egasidan rozilik olgan yoki olmaganligini aniqlaş lozim. Ammo bu köp ham oson iş emas. Buning uçun dastlab tadbirkorlik sub’yektini tekşiriş kerak. Tekşiriş esa faqatgina Biznes Ombudsman bilan kelişilgan holda amalga oşirilişi mumkin. Aks holda bu noqonuniy hisoblanadi.
Biznes Ombudsman tadbirkor sub’yektlari faoliyatini tekşiriş uçun har doim ham ruxsat bermasligi mumkin. Ta’kidlaş lozimki, huquq egasining arizasi ruxsat olişni ança yengillaştiradi va vakolatli organga tekşirişni asoslantirişga yordam beradi. Şundan sönggina javobgarlik masalasi hal qilinadi.
Ikkinçi holatda, film bloger, kanal egasi, umuman istalgan kişi tomonidan tarqatildi. Bunda vaziyat ança yengilroq. Vakolatli organ filmni tarqatganlarga nisbatan ma’muriy iş qözğatişi va uni körib çiqiş uçun sudga oşirişi mumkin.
Mualliflik huquqini buzganlar uçun qonunlarda qanday javobgarlik bor?
Filmni ruxsatsiz tarqatiş ma’muriy va fuqaroviy javobgarlikka sabab böladi. Jumladan, MJTKning 177-1-moddasiga asosan asarlardan qonunga xilof ravişda foydalaniş, şu jumladan, tarqatiş fuqarolarga BMHning 10, mansabdor şaxslarga esa 20 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Ta’kidlaş lozimki, jazo çoralari juda yumşoq bölib, mualliflik yetişi mumkin bölgan zarar hajmiga mutanosib emas. Masalan, «Jannat onalar oyoği ostida» filmi Özbekiston kinoteatrlaridagi namoyişi bilan 1 haftada 1,3 mlrd söm yiğişga muvaffaq böldi (bir kişi uçun örtaça bilet narxi 90 ming söm). Unga qadar Qozoğiston kinoteatrlarida ham qöyilib, 2 haftada 2,24 mln dollar mablağga ega bölgan. Film faylining Internet tarmoğida tarqalişi kinoteatrlarga tuşuvçilar sonini kamaytirmay qolmaydi. Bu holatda filmni tarqatgan kişi uçun maksimal javobgarlik esa 3,4 mln söm.
Yana şuni ham, aytiş kerakki, javobgarlik faqat ma’muriy javobgarlik bilan çeklangan, intellektual mulk huquqlarini buzganlik uçun javobgarlik dispozitsiyasi juda tor bölib, film tarqatişni qamrab olmaydi. Ta’kidlaş lozimki, Jahon savdo taşkilotining intellektual mulk masalalarini tartibga soluvçi TRIPS bitimi heç bölmaganda mualliflik huquqini tijorat maqsadlarida buziş uçun jinoiy protseduralar va jarima qöllaşni körib çiqişni talab qiladi.
Jinoiy javobgarlik bölmasa-da, mualliflik huquqini buziş uçun fuqaroviy javobgarlik ham belgilangan. Ammo buning uçun huquq egasi arizasi bölişi şart, vakolatli organ mustaqil qöllay olmaydi.
Mualliflik huquqi egasi huquqbuzardan quyidagilarni talab qilişi mumkin:
filmga nisbatan uning huquqlarini tan olişni;
filmni tarqatişni töxtatişni;
ololmay qolgan daromadi miqdoridagi zararlarning örnini qoplaşni. Agar huquqbuzar daromadlar olgan bölsa, huquq egalari boşqa zararlar bilan bir qatorda boy berilgan foydani bunday daromadlardan kam bölmagan miqdorda qoplaşni;
zarar yetkazilişi faktidan qat’i nazar, BMHning 1000 baravarigaça tovonni tölaşni.
Ma’muriy jarimadan fuqarolik tovonning farqi şundaki, jarima davlatga tölanadi, tovon esa huquq egasiga. Ammo bu yerda ham barçasi «silliq emas». Tovonning maksimal miqdori çeklangan. Yuqorida keltirilgandek, film Özbekiston kinoteatrlaridagi namoyişi bilan 1 haftada 1,3 mlrd söm keltirgan. Tovonning maksimal miqdori esa 340 mln söm.
Albatta, tovonning maksimal miqdorini belgilaşda ham ma’lum maqsadlar közlangan. Jumladan, intellektual mulk huquqining buziliş darajasini, qiymatini aniqlaş metodikasi yöqligi uçun sudlar tomondan juda kam miqdorda tovon belgilanib kelingan. Tovonning maksimal miqdori belgilanişi esa sudlarga şuni asos qilib, BMHning 1000 baravariga kompensatsiya belgilaş imkonini beradi.
Ammo tovonning uşbu miqdori huquq egalarining mulkiy manfaatlarini çeklaydi. Bu örinda şuni taklif qiliş mumkinki, intellektual mulk huquqining buziliş darajasini, qiymatini aniqlaş metodikasini işlab çiqib, tovonning maksimal miqdoriga qöyilgan çeklovni olib taşlaş lozim.
«Qança köp odam körsa, şunça yaxşi»
Ta’kidlaş lozimki, aholida intellektual mulkka nisbatan qaraşlar ançagina yumşoq. Uning muallif roziligisiz tarqalişi odatiy va tabiiy qabul qilinadi. Agarda kimdir huquqlarini talab qilsa, uning bu işi aksariyat tomonidan yaxşi kutib olinmaydi.
Masalan, mualliflik huquqi haqida gap ketsa, «qança köp odam körsa, şunça yaxşi», «aslida tekinga reklama qilib berganligi uçun muallif rahmat aytişi kerak» singari argumentlar tez-tez quloqqa çalinadi. Muallifning mulkiy huquqlari mulkning boşqa şakllari bilan teng körilmaydi, çunki uni «qölga uşlab bölmaydi».
Sababi, yoşligimiz Internet-qaroqçilik asrida ötdi. Kino, serial va qöşiqlarni noqonuniy köpaytirilgan video kassetalar, DVD disklar orqali tomoşa qilar edik, tinglardik. Bu paytda aksariyatimizda mualliflik huquqi haqida tuşunça ham bölmagan, heç qayerda eşitmaganmiz ham. Bundan taşqari, hozirgi kundagi singari pul tölab köriş mumkin bölgan striming platformalari ham bölmagan.
Ammo striming xizmatlari rivojlangan hozirgi davrda ham film seriallarni qaroqçi veb-sahifa va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalardan köruvçilar soni kam emas. Ularning aksariyati bunga sabab sifatida striming xizmatlari uçun obunalar qimmatligi, Özbekistonda örtaça oylik iş haqi kamligini körsatişadi.
Xöş, striming xizmatlari uçun tölov qay darajada qimmat? Buni misollarda körib çiqamiz. Allplay’da eng qimmat ta’rifdagi bir oylik obuna narxi 30 000 söm, Kinopoisk ilovasida Yandeks Plyus obunasi doirasida 9999 söm. Kino va seriallar böyiça striming xizmatlari içida obuna narxi qimmatlaridan biri bölgan Netflixʼda obuna Özbekiston uçun ta’rifga qarab, 6,9 yevrodan 11,9 yevrogaça. Taqqoslab aytganda, eng qimmat obuna ham 2-3 ta tuşlikning puli.
Şunga qaramay, rözğordan orttirib, striming platformalar uçun pul ajratiş ayrim kişilar uçun biroz moliyaviy qiyinçiliklar tuğdirişi mumkin. Xöş, bunday holat filmlarni «qaroqçilik» orqali körişni oqlaydimi? Javob – yöq.
Birinçidan, film köriş bu – ma’naviy ehtiyoj. Kişi kino körmasa ölib qolmaydi, u birlamçi hayotiy zarurat emas.
Ikkinçidan, mualliflik huquqini buziş xuddi mulkning boşqa şakllarini öğirlaş singari qonunni buziş hisoblanadi.
Xulosa sifatida aytiş mumkinki, mualliflik huquqini himoya qiliş kompleks jarayon bölib unga faqat qonunlarni kuçaytiriş bilan erişib bölmaydi. Birinçi navbatda, intellektual mulkka nisbatan hurmatni qadriyat darajasiga kötariş hamda mualliflik huquqini buziş holatlarini jamoatçilik tomonidan muhokama qiliş orqali jazo çoralaridan köra köproq natijaga erişiş mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi