Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga köra, mamlakatning Koreyadagi elçixonasi hamda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi mas’ullari hamkorlikda mazkur davlatda işlayotgan yurtdoşlarning yaşaş va iş şaroitlarini doimiy monitoring qilmoqda.
Yangsan şahridagi Kyunghyun Co., Ltd. korxonasi mas’ullari va bu yerda işlayotgan hamyurtlar bilan uçraşuv ötkazilib, prezidentning 4 apreldagi farmoni mazmun-mohiyati tuşuntirildi.

Bugungi kunda Koreya davlati 16 davlatdan E-9 işçi vizasi asosida xorijlik işçilarni işga jalb qilmoqda. Iş beruvçi korxona mutasaddilariga yurtdoşlar mehnat salohiyati keng tarğib qilinib, işçi kuçi yetkazib beriş uçun doimiy hamkorlikka tayyorlik bildirildi.
Uçraşuvda mazkur korxonadagi mavjud böş iş örinlariga aynan özbekistonlik işçilarni işga jalb qilinişiga kelişib olindi.

















