Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov keça Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy bilan uçraşdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) ma’lumotiga köra, tomonlar energetika, ta’lim, soğliqni saqlaş va suv ta’minoti sohalarida istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq qiliş jarayoni hamda 2024-2026 yillarga möljallangan hamkorlik dasturiga kiritilgan yangi taşabbuslarni birgalikda amalga oşiriş istiqbollarini körib çiqdi.
Dastur doirasida yaşil energetika, suv ta’minoti, avtomobil yöllarini rekonstruksiya qiliş va infratuzilmaviy rivojlaniş kabi jami 2,58 milliard dollarlik 12 ta loyihani moliyalaştirilişi nazarda tutilgan.
Sentyabr oyida Samarqand şahrida bölib ötadigan AIIB boşqaruvçilar kengaşining 9-yillik yiğilişiga tayyorgarlikning borişini muhokama qilişga alohida e’tibor qaratildi.
Hozirgi kunda bank iştirokida davlat budjetini qöllab-quvvatlaş, suv ta’minoti va kanalizatsiya, energetika, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş kabi tarmoqlarda umumiy qiymati 2,57 milliard dollarlik 13 ta loyiha amalga oşirilmoqda.

















