Toşkentda xalqaro investitsiya forumi iş boşladi

Bugun Toşkentda prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida uçinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi boşlandi.

Unda sözga çiqqan Özbekiston prezidenti davlat bozor munosabatlarini rivojlantirişni, investorlar huquqlari işonçli himoya qilinişini, qulay investitsiya va işbilarmonlik muhitini yanada takomillaştirişni, halol raqobat uçun yanada keng şart-şaroitlar yaratişni, xususiy mulk daxlsizligi va sud tizimining mustaqilligi ta’minlanişini öz zimmasiga olişini ma’lum qildi.

“Bizning asosiy maqsadimiz — Özbekistonni xorijiy investorlar uçun işonçli va uzoq muddatli hamkorga aylantirişdir”, — dedi prezident Şavkat Mirziyoyev.

Prezident forumda qilgan çiqişi çoğida xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar böyiça soliqlardan 3 yilga ozod etilişi, ularga yerni ijaraga beriş 25 yildan 49 yilgaça uzaytirilişini va’da qildi. 

Özbekistonda yaşil energetika rivojlantiriladi

Özbekiston energetika balansida qayta tiklanuvçi energiya quvvatlari uluşini 40 foizga yetkazmoqçi.

Mamlakat 2030 yilgaça 20 gigavattdan ortiq qayta tiklanuvçi energiya quvvatlarini yaratiş va energetika balansida uning uluşini 40 foizga yetkazişni maqsad qilgan.

Bu haqda Toşkent xalqaro investitsiya forumida çiqiş qilgan Şavkat Mirziyoyev aytib ötdi.

«Energetika tarmoği samaradorligini oşiriş butun mintaqa uçun dolzarbdir. Bu borada mamlakatda 28 ta loyiha ustida işlar davom ettirilmoqda. Özbekiston 2030 yilgaça 20 gigavattdan ortiq qayta tiklanuvçi energiya quvvatlarini yaratiş va energetika balansida uning uluşini 40 foizga yetkazişni maqsad qilgan», — dedi prezident.