26 aprel kuni Ekologuz Telegram kanalida Toşkent viloyati Ohangaron tumanida noma’lum şaxs 1500 ga yaqin mevali va manzarali daraxtni yoqib yuborgani haqida xabar tarqalgan edi. Ohangaron tuman Ekologiya boşqarmasi Kun.uz’ga Qoraxitoy qişloğidagi töqayzorning yonib ketgan qismi örganib çiqilganini ma’lum qildi. Boşqarma boş mutaxassisi Xoltojiyev Boburga köra, töqayzorda 775 ta har xil turdagi butasimon daraxtlarga ziyon yetkazilgan.
“Yonib ketgan daraxtlar balki bundan ham köp bölişi mumkin. Töqayzor bölgani uçun içkariga kiriş qiyin, ba’zi joyi suv yoki botqoqdan iborat bölgani uçun kirişning iloji yöq”, – dedi Bobur Xoltojiyev.
Boşqarma yetkazilgan zararni 459 million 652 ming söm deb baholagan. Ekologiya boşqarmasi töplagan hujjatlar huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etilgan.
Oldinroq, Toşkent viloyati Ohangaron tumani matbuot xizmati, holat böyiça örganiş ötkazilgani va hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etilganini ma’lum qilgan edi. Şuningdek, töqayzor muhofaza etiladigan tabiiy hududlar röyxatiga kirişini bildirgan edi. Xoltojiyev ham buni tasdiqladi va yerni auksiondan olib, uni muhofaza hududiga qaytariş va egalik huquqlari bekor qiliş böyiça prokuraturaga sörovnoma kiritilganini ma’lum qildi.












