Dunyoning eng qaşşoq mamlakatlari fuqarolar uruşi, etnik va dinlararo nizolardan aziyat çekmoqda. COVID-19, ösib borayotgan inflatsiya va Ukrainadagi uruş ularning ahvolini yanada yomonlaştirgan, deyiladi Global Finance jurnali reytingida.

Reytingga köra, Özbekiston 190 davlat içida 67-örinni egalladi. YaIM körsatkiçi yiliga kişi boşiga 10,9 ming dollarni taşkil etgan. Örin qançalik baland bölsa, mamlakat şunçalik qaşşoq böladi. 

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Tojikiston 43-örin (5,8 ming dollar), Qirğiziston 48-örin (6,8 ming dollar), Turkmaniston 101-örin (19,7 ming dollar), Qozoğiston 128-örinni (34,5 ming dollar) qayd etgan.

Dunyodagi eng qaşşoq davlatlar qatoriga Janubiy Sudan (455 dollar), Burundi (916 dollar) va Markaziy Afrika Respublikasi (1132 dollar) kirgan.

Jahon banki prognozlariga köra, past va örta daromadli mamlakatlarda talabalarning hozirgi avlodi kelajakdagi örtaça yillik daromadining 10 foizigaça yöqotişi mumkin.