Dunyoning eng qaşşoq mamlakatlari fuqarolar uruşi, etnik va diniy nizolardan aziyat çekmoqda. COVID-19, ösib borayotgan inflatsiya va Ukrainadagi uruş ularning ahvolini yanada oğirlaştirdi. Bu haqda Global Finance jurnali ma’lumot berdi.
Qayd qilinişiça, butun insoniyatga munosib turmuş darajasini ta’minlaş uçun dunyoda yetarli boylik va resurslar mavjud. Şunga qaramay, Janubiy Sudan, Burundi va Markaziy Afrika Respublikasi kabi mamlakatlardagi odamlar umidsiz qaşşoqlikda yaşaşda davom etmoqda. Dunyoning eng qaşşoq davlatlari qatoriga yillar davomida siyosiy beqarorlik va mojarolarga duç kelayotgan Afğoniston, Suriya va Eritreya ham kiritilgan. Yuqori öntalikdan Kongo Demokratik Respublikasi, Mozambik, Niger, Malavi, Liberiya, Madagaskar va Yaman ham joy olgan.
Özbekiston reytingda 67-örinda qayd etilgan (reytingdagi örin qançalik yuqori bölsa, mamlakat şunçalik qaşşoq hisoblanadi). Taqqoslaş uçun: Tojikiston 43-örinda, Qirğiziston 48-örinda (har ikkalasining ahvoli Özbekistondan yomonroq), Turkmaniston 101-örinda, Qozoğiston 128-örinda (bu ikkalasining ahvoli Özbekistondan yaxşiroq).
Naşr dunyodagi eng qaşşoq mamlakatlarni qanday aniqlagan? Aholi jon boşiga YaIM köpinça standart ölçov hisoblansa-da, sotib oliş qobiliyati pariteti (SQP) yordamida yaşaş qiymati va inflatsiya darajasidagi farqlarni qoplaş har qanday mamlakatda şaxsning sotib oliş qobiliyatini yaxşiroq baholaşi mumkin.
Ta’kidlanişiça, uzoq muddatli qaşşoqlikning yagona sababini aniqlaş qiyin. Korrupsiyalaşgan hukumatlar juda boy mamlakatni kambağal davlatga aylantirişi mumkin. Xuddi şu narsani mustamlakaçilik tarixi, qonun ustuvorligining zaifligi, uruş va ijtimoiy tartibsizliklar, oğir iqlim şaroiti, duşmanona yoki tajovuzkor qöşni davlatlarga ega böliş haqida ham aytiş mumkin. Şu bilan birga, davlatning qarzga botganligi ham zaiflik sifatida körsatilgan: bunda mamlakat yaxşi maktablarni qura olmaydi, savodsizlik darajasining yuqoriligi esa işçi kuçi imkoniyatlarni çeklaydi.

















