Rossiya Federatsiyasida «davlatga xiyonat», «nomaqbul» taşkilot bilan hamkorlik qiliş va armiya haqidagi «feyklar» ayblovlar bilan 25 yilga qamalgan rossiyalik publitsist va muxolifatçi siyosatçi Vladimir Kara-Murza Pulitser mukofoti laureati böldi. Bu haqda 6 may, duşanba kuni mukofot saytida ma’lum qilindi. 

Ta’kidlanişiça, Vladimir Kara-Murza The Washington Post gazetasining 2023 yil yanvaridan oktyabrigaça çop etilgan «Fikrlar» bölimidagi bir neçta naşrlari uçun «Izoh» nominatsiyasida eng yaxşi deb topilgan. Bu mulohazalar Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi, muxolifatçi Aleksey Navalniy, Rossiyadagi siyosiy özgarişlar ehtimoli va boşqa dolzarb mavzularga bağişlangan. 

Rossiyada Vladimir Kara-Murzaning ta’qib etilişi 

Huquq himoyaçilariga köra, 2023 yil aprelida Vladimir Kara-Murzaga çiqarilgan 25 yillik qamoq jazosi «Putin tanqid qilingani uçun tayinlangan eng uzun qamoq muddati»dir. 

Hukm çiqarilgunga qadar siyosatçi bir yilni hibsda ötkazgan, garçi himoya uni soğliği sababli tergov izolyatorida uşlab turiş mumkin emasligini ta’kidlagan. 

2024 yil 30 yanvarda Kara-Murza Omsk şahridagi 7-sonli axloq tuzatiş koloniyasining (IK-7) bir kamerali tipidagi xonasiga ötkazildi. Unda hibsda saqlaş şartlari eng qattiq hisoblanadi. Muxolifatçi oilasi va advokatlarining ta’kidlaşiça, u Rossiya maxsus xizmatlari gumon qilayotgan ikki marta zaharlaşga uriniş tufayli polineyropatiyadan aziyat çekmoqda. Inson huquqlari taşkilotlari Vladimir Kara-Murzani siyosiy mahbus sifatida tan oldi. AQŞ Kongressi a’zolari Oq uyni rossiyalik siyosatçini «noqonuniy hibsga olinganlar» röyxatiga kiritişga çaqirdi. 

2024 yil 19 aprelda «Pervyy otdel» inson huquqlari böyiça loyihasi mahbusning rafiqasi Yevgeniya Kara-Murzaga tayanib, uning eri Omskdan Moskvaga Oliy sud majlisida iştirok etiş uçun öz xohişiga qarşi olib ketilişi haqida xabar berdi. Yevgeniya Kara-Murzaning sözlariga köra, bir neça oy davom etişi mumkin bölgan Moskvaga majburan köçiriliş yaqinlari Vladimir bilan aloqani yöqotişini anglatadi.