Rossiya hukumati Ukraina qurolli kuçlarining hujumlari tufayli Ukrainadagi rus qöşinlarini ta’minlaş uçun Qrim köprigidan foydalanişni töxtatdi va quruqlikdagi yölga ötmoqda. Ukrainaning OSINT-Molfar agentligi sun’iy yöldoş tasvirlarini örganib çiqib, şunday xulosaga keldi. Tadqiqot natijalari 6 may, duşanba kuni e’lon qilindi.
Agentlik 2023 va 2024 yillarda olingan Maxar sun’iy yöldoş suratlarini tahlil qildi. Uşbu ma’lumotlardan ma’lum bölişiça, 2023 yil may oyidan sentabr oyiga qadar Rossiya Federatsiyasini Qrim bilan boğlaydigan köprik orqali yuk va yölovçi poyezdlari ötgan. Harbiy texnika bölgan poyezd kuzatilgan yagona holat 2023 yilning iyul oyida Taman stansiyasida sodir bölgan, deyiladi materialda.
Oxirgi uç oyda birorta ham harbiy texnika bölgan poyezd kuzatilmadi
Şu bilan birga, 2024 yilning fevralidan apreligaça Qrim köprigining temiryöl qismida birorta ham harbiy texnika bölgan yuk poyezdi qayd etilmagan, deydi tahlilçilar. Ularning sözlariga köra, faqat bitta holatda – 2024 yil fevralida köprikdan yonilği baklari bölgan yuk poyezdi ötgan.
«Sun’iy yöldoşdan olingan suratlar köprikning temiryöl qismi böylab ruslar harbiy yuklarni taşimasligini tasdiqlaydi, şuning uçun hozir Qrim köprigiga hujum qilişning ma’nosi yöq», - deydi tahlilçilar.
Şu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi Qrimni Rossiya hududi bilan boğlaş maqsadida Ukrainaning egallab olingan hududlarida muqobil temiryöl liniyalarini qurmoqda, deb yozadi Molfar.
Tahlilçilarning fikriça, Rossiya Federatsiyasi 2023 yil 17 iyuldan söng Qrim köprigidan harbiy maqsadlarda foydalanişdan voz keçişni boşlagan. Öşanda Ukraina qurolli kuçlari suvusti uçuvçisiz uçoqlari hujumi natijasida köprikning bir neça qismi vayron qilingan.

















