Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov «Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston» temiryöli qurilişi şu yilning oktyabr oyida boşlanişini aytdi.
Japarov sözlariga köra, hozir Qirğiziston logistika böyiça boşi berk köçaga aylangan, Qozoğiston va Rossiya temiryöllari orqali dunyoga çiqişi kerak.
«Uşbu temir yöl qurilsa, dunyoga çiqa olamiz. Bu bizning öz yölimiz böladi», dedi Sadir Japarov.
Qayd qilinişiça, Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temiryölining Qirğiziston hududidan ötadigan qismi 311 kilometrni taşkil qiladi. U Torugart – Qöş-Dobo – Qozarmon – Jalolobod yönalişi böylab quriladi. Loyihaning qiymati, dastlabki ma’lumotlarga köra, 4,7 milliard dollarni taşkil etadi.

















