Putin öz nutqida bu safar Ğarb bilan qarama-qarşilik haqida köp gapirmadi. Ikkinçi jahon uruşi vaqtida sovetlar dastlabki uç yil davomida natsistlarga qarşi yolğiz kuraşganini aytdi, ammo darhol ittifoqçilarning xizmatini ham e’tirof etdi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Moskvada 2024 yilgi Ğalaba paradi bir yil oldingidan ham kamtarroq ötdi. Iştirok etgan harbiy texnikalar soni böyiça zamonaviy Rossiya tarixidagi antirekord qayd etildi.
Marosim iştirokçilari uçun ob-havo ham noqulaylik tuğdirdi — Moskvada sönggi yillarda ilk marta 9 may kuni qor yoğdi. Sönggi bor bunaqa sovuq may 1999 yilda kuzatilgandi. Qor faqat parad oxiriga kelib tindi.
Paradda töqqiz mingdan ortiq kişi qatnaşdi. Bu bir yil oldingidan köproq, ammo 2022 yildagidan kamroq, öşanda paradda 11 ming kişi iştirok etgandi.
Bu paradda ilk bor Ukrainadagi uruşdan kelgan harbiy xizmatçilar iştirok etişdi.
Payşanba kuni Qizil maydondan 61 ta zirhli texnika olib ötildi. Bu ham bir yil oldingidan ança kam, öşanda paradga 125 ta turli maşinalar jalb etilgandi.
Bundan taşqari, osmonda 15 ta jangovar samolyotlar uçib ötdi - bu ham sönggi paradlardagi eng kam sonli aviatsiya guruhi böldi. Töğri, ba’zida aviatsiya parvozi ob-havo tufayli bekor qilingan, ammo bu safar parad boşidayoq kuçli qor yoğganiga qaramay, bunday qilinmadi.
Paradda töqqiz mingdan ortiq kişi iştirok etdi
«Global töqnaşuvga yöl qöymaslik»
Parad boşlanişi arafasida an’anaga köra Rossiya prezidenti Vladimir Putin çiqiş qildi. Oldingi ikki yilda bölgani kabi u nafaqat Ikkinçi jahon uruşidagi ğalaba haqida, balki Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi hamda Ğarb bilan qarama-qarşilik töğrisida ham gapirdi. Ammo bu safar ğarbga qarşi ritorika kamroq edi.
Putin ğarbga «haddan taşqari ambitsiyalar», «natsizmning hozirgi izdoşlarini oqlaşga intiliş» va «uruş haqidagi haqiqatlarni buzib körsatişga uriniş» böyiça e’tirozlarini bildirgan.
Keyin u «Rossiya global töqnaşuvning oldini oliş uçun barça işni qilişi»ni aytgan.
«Ammo şu bilan birga bizga tahdid qilişlariga yöl qöymaymiz. Bizning strategik kuçlarimiz doimo jangovar şay holatda», — deya qöşimça qilgan Putin.
Rossiya prezidenti «vermaxtning harbiy qudrati» uçun deyarli butun Yevropa işlaganini aytgan, ammo darhol ikkinçi frontning xizmatlarini ham tan olgan.
Mavzuga oid
Paradda RF mudofaa vaziri Sergey Şoygu iştirok etdi, paradga quruqlik qöşinlari qömondoni Oleg Salyukov rahbarlik qildi
«Ğarbdagilar Ikkinçi jahon uruşi saboqlarini unutişni istaşadi. Ammo biz insoniyat tarixi Murmanskdan Kavkaz va Qrimgaça hududlarda keçgan ulkan janglarda hal bölganini yodda tutamiz. Uluğ Vatan uruşining dastlabki uç yilida SSSR amalda natsistlar bilan yolğiz jang qilgan. Şu bilan birga Rossiya heç qaçon ikkinçi frontning va ittifoqçilar yordami ahamiyatini pasaytirmagan. Biz koalitsiya jangçilari jasorati, qarşilik harakati iştirokçilari, Xitoy xalqi mardligini yod etamiz. Biz heç qaçon ittifoqçilikning ilhomlantiruvçi an’analarini unutmaymiz», degan u.
«Rossiya hozirda murakkab, muhim pallalarni boşdan keçirmoqda», — deya davom etgan Putin. Ötgan yili bu fikr ança dramatik yangragandi: «Bugun sivilizatsiya yana hal qiluvçi, buriliş pallasida turibdi, bizning vatanimizga qarşi yana haqiqiy uruş oçildi».
Putin yana bir bor «maxsus harbiy amaliyot» (u uruşni şunday deb nomlaydi) iştirokçilarini qahramonlar deb atagan. U butun Rossiya ular uçun ta’zimda ekani, Ikkinçi jahon uruşi faxriylari esa ular uçun qayğurişini ta’kidlagan.
Bir daqiqa sukut saqlaş oldidan Putin «neonatsistlarning varvarlarça terakti» haqida qisqaça töxtalib ötdi, keyin esa mamlakat «Rossiyaning xavfsiz kelajagi»ga erişiş uçun «asriy an’analar»ga tayangan holda oldinga yurişini e’lon qildi.
«Mardona qurolli kuçlarimizga şaraflar bölsin! Rossiya uçun! Ğalaba uçun. Ura!» — deya yakunladi u öz çiqişini. Şundan keyin Qizil maydon böylab parad rasçyotlari öta boşladi.
2022 yil 24 fevralida Ukrainaga qarşi Putin tomonidan boşlangan uruşda yuz minglab kişilar halok böldi.
Qöqqisdan uçib kelgan aviatsiya
Oldingi yillarda rasman yomon ob-havo şaroiti tufayli bekor qilingan aviatsiya qismi bu yil qisqartirilgan şaklda bölsa ham ötkazildi.
Parad boşlanganida qor yoğayotgandi, ammo uning oxiriga kelib tindi va Qizil maydon uzra «Striji» va «Vityazi» guruhlarining töqqizta qiruvçi samolyoti, şuningdek Su-25 rusumli oltita şturmovik osmonda Rossiya bayroği ranglarini hosil qilgan holda uçib ötdi.
Foto: EPA
Bu ança kutilmagan hol böldi - avvalgi yillarda aviatsiya qismi ob-havo ança yaxşi bölganiga qaramay bekor qilingandi. Çunki samolyotlar Qizil maydon ustidan uçib ötişidan oldin ança oldinroq töplanişi va saflanişi talab etiladi.
Aviatsiya uçişi paradda katta samolyotlar iştirok etmagani tufayli bekor qilinmagan bölişi ham mumkin - havo qismi ham ança kamtar ötdi - qiruvçilar esa ança murakkab şaroitda uçiş tajribasiga ega bölgan uçuvçilar tomonidan boşqariladi.
SSSR parçalanganidan keyingi davrda eng kam sonli harbiy texnikalardan foydalanilgan parad 2008 yilda kuzatilgandi. Öşanda quruqlikda 111 ta texnika olib ötilgann, havoda 32 samolyot va vertolyotlar parvoz qilgandi.
«Armata»larsiz
Bir yil oldin bölgani kabi, paraddagi yagona tank Ikkinçi jahon uruşi davriga mansub T-34 tanki böldi. U texnikalar kolonnasiga yölboşçilik qildi.
Uning ortidan BTR-82A, «Tigr» zirhli transportyorlari, «VPK-Ural» zirhli maşinalari, «Linza» sanitar zirhli maşinalari, «Tayfun-K» zirhli avtomobillari, «Iskander» operativ-taktik raketa komplekslari, S-400 zenit komplekslari, «Yars» qit’alararo ballistik raketalari olib ötilgan. Eng oxirgi bölib «Bumerang» rusumli uçta oğir piyodalar jangovar maşinalari ötgan.
2015 yildan buyon Qizil maydondagi 9 may paradlarida an’anaviy ravişda istiqbolli jangovar texnikalar — T-14 va «Armata» oilasiga mansub T-15 piyodalar jangovar maşinasi, «Kurganets» piyodalar jangovar maşinasi, «Koalitsiya» öziyurar artilleriya qurilmasi, «Bumerang» ğildirakli BMP olib ötilgan.
Qizil maydonda qatorasiga ikkinçi yilda bu texnikalardan faqat «Bumerang» namoyiş etilmoqda.
Paraddagi yagona tank sovetlarning T-34 tanki böldi
Ukrainadagi uruşga qadar «Bumerang»lar propaganda tomonidan Rossiya armiyasining uyğonişi ramzi sifatida taqdim etilardi, lekin ularning heç biri seriyali işlab çiqarilişi yölga qöyilmadi.
Paradlarda qöşinlar ixtiyoriga berilgan va Ukrainadagi uruşda ham iştirok eta boşlangan yangi texnikalar ham namoyiş etilmoqda, ammo odatda bular faqat «Tayfun» va «Tigr» kabi yengil zirhli maşinalar bölmoqda.
Rossiya rahbariyati paradlarda yangi işlanmalar körsatilmayotganiga izoh bermagan. Bunga qisman noqulay savollardan qoçiş istagi sabab bölişi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda va harbiy bloglarda uruş boşlanganidan buyon köp bor frontda Rossiya harbiy sanoat kompleksining yangi işlanmalari yöqligiga e’tibor qaratilgan.
Rossiyaning BTR-82A texnikasi
Töğri, Rossiya matbuotida Ukrainada T-14 tanklari qöllangani haqida xabarlar paydo bölgan, ammo bu töğri bölsa ham, gap faqat sinovlar haqida bölişi mumkin, ular qöşinlarga ommaviy yetkazib berilmagan.
Paradda eski tanklar, xususan T-72, T-80 va T-90 tanklarining modernizatsiya qilingan versiyalari köriniş bermayotgani turliça izohlanadi, köplab şarhlovçilar buni Rossiyaga frontda zirhli texnikalar yetişmayotgani bilan boğlaşadi.
Buni isbotlaş qiyin, çunki Rossiya zirhli texnikalari soni va bu boradagi yöqotişlari, şuningdek ularning işlab çiqarilişi va ta’mirlanib safga qaytarilişi töğrisidagi ma’lumotlarni taqdim etmaydi. Ammo ança eskirgan maşinalar, jumladan T-62 va BMP-1 kabilar frontda harakat qilayotgani ham bevosita yangi tanklar va boşqa texnikalar yetişmovçiligini körsatadi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham tantanali tadbirlarda iştirok etdi