Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida mahalliy sanoat tarmoğidagi içki imkoniyatlarni safarbar etiş orqali aholini işli va daromadli qiliş masalalari yuzasidan videoselektor yiğilişi boşlandi.
Yiğilişda sohaga ipak qurtini parvarişlaş, kasallikdan saqlaş agrotexnikasi va innovatsiyalari kirib kelmagani hisobiga uruğdan pilla olişda yöqotişlar saqlanib qolayotgani ta’kidlandi.
Şuningdek, dunyoda ipak mahsuloti importining 45 foizi töğri kelayotgan Yevropa bozoriga çiqiş muhimligi qayd etildi.
Eksportda ipakdan tayyor mahsulot uluşini, jumladan, pillani çuqur qayta işlab, tayyor ipak mahsulotlari, mato va uy tekstili işlab çiqaradigan quvvatlarni köpaytiriş zarur.
Pillaçilik uçun ozuqa bazasi bölgan tutzorlarda yangi navli hosildor tut ekişini kengaytiriş muhim. Bizdagi 1 million gektarga yaqin paxta maydoniga bir-ikki qatordan tut ekilsa, 50-60 ming tonna ozuqa zaxirasini şakllantiriş mumkin.
Pillani xarid narxi pastligi uçun pillakorlarda manfaatdorlik past.
Şuning uçun ipakçilikni rivojlantiriş böyiça kuni keça imzolangan prezident farmoni bilan pilla xarid narxi 25 foizga oşirildi.
Pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilindi, tutzorlar uçun yer soliğining 10 foizi tölanadi.
Mutasaddilar va hokimlarga yangi tutzorlar taşkil qilsa böladigan 105 ming gektar yer ajratiş topşirildi. Bu yerlar lotlarga bölinib, auksionda beriladi, auksiondagi yerning boşlanğiç narxi 10 foiz etib belgilanadi.

















