Sirdaryo hokimi prezident topshirig‘iga ko‘ra urush qatnashchisiga uy sovg‘a qildi
101 yoshli O‘skan Hojimanov ayni paytda davolanayotgani bois, xonadon uning kelini va nabiralariga topshirildi. Hokim gospitalda ham bo‘lib, otaxonni tabrikladi, yangi xonadon hujjatlari va kalitini berdi.
O‘zbekiston prezidenti joriy yilning 8 may kuni Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitaliga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olgandi.
Davlat rahbari tashrif chog‘ida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidan bo‘lgan 101 yoshli O‘skan Hojimanov bilan suhbatlashib, uning iltimosiga binoan otaxonga uy sovg‘a qilmoqchiligi ma’lum bo‘lgandi.
Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev prezident topshirig‘idan so‘ng, O‘skan Hojimanovga uy sovg‘a qildi.
101 yoshli otaxon ayni paytda davolanayotgani bois, xonadon uning kelini va nabiralariga topshirildi. Shuningdek, hokim gospitalda ham bo‘lib, otaxonni tabrikladi, yangi xonadon hujjatlari va kalitini berdi.
Mavzuga oid
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
08:00 / 13.09.2024
Sirdaryoda 2 yoshli bog‘cha bolasi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:00 / 07.09.2024
Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatida “prava” olib berishni va’da qilganlar ushlandi
08:10 / 06.09.2024