Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Toshkent shahrining ikki tumani va Samarqand viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. fuqaro J.R.ga Qozog‘istondagi universitetning 2-bosqichini tamomlaganligi haqida qalbaki hujjat tayyorlab berish orqali uni Toshkent shahridagi Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.I. fuqaro D.D.ga Qozog‘istondagi universitetning 1-bosqichini tamomlaganligi haqida qalbaki hujjat tayyorlab berish orqali uni O‘zbekistondagi universitetlardan biriga 2-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi xodimi F.Sh. 2 nafar fuqaroni ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
21:10 / 30.06.2026
Al Kaponedan Gulnora Karimovagacha: “Kir pullar” qanday yuviladi?
11:00 / 27.06.2026
Tibbiyot muassasalariga ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarliklar aniqlandi
16:35 / 23.06.2026
Talon-toroj va firibgarlik uchun “chiqish eshiklari” toraydi
18:38 / 19.06.2026