Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Qöqon şahri bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda 19 nafar fuqaro nomiga avtokredit rasmiylaştirgan şaxslar aniqlandi. 

Qayd qilinişiça, Ş.U. va A.V. Toşkent şahridagi bir neça korxona rahbarlari bilan til biriktirib, 19 nafar fuqaro nomiga tijorat banki filiallaridan jami 6,3 mlrd söm avtokredit ajratilişiga erişgan. 

Uşbu kredit hisobidan fuqarolarga avtomaşinalar yetkazib berilmagan va mablağlar talon-toroj qilingan.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.