Andijon viloyatida Qirğiziston ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Jannat onalar oyoği ostida” filmidan ruxsatsiz foydalangan universitet prorektori jarimaga tortildi. Mazkur iş 13 may kuni jinoyat işlari böyiça Andijon şahar sudida körib çiqilgan.

Sud hujjatida keltirilişiça, Andijon davlat universitetining yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça prorektori Xurşidbek Xojamberdiyev 2024 yil 29 aprel kuni “Jannat onalar oyoği ostida” filmini muallifning ruxsatisiz faollar zalida yotoqxona talabalariga namoyiş etgan. Prorektor sudda qilmişidan puşaymonligini bildirib, yengillik berişni söragan.

Sud qarori bilan Xurşidbek Xojamberdiyev Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 177-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravari miqdorida (340 ming söm) jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib ötamiz, qirğizistonlik rejissyor Ruslan Akunning “Jannat onalar oyoği ostida” filmi hali premerasi Özbekiston kinoteatrlarida hali tugamay turib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan edi. Bu esa jamoatçilik orasida e’tirozlarga sabab bölgandi.

  • MJtKning 177-1-moddasi 1-qismiga köra, asarlardan yoki turdoş huquqlar obektlaridan qonunga xilof ravişda foydalaniş, xuddi şuningdek asarlarning yoki turdoş huquqlar obektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlaş, tarqatiş, barçaning e’tiboriga yetkaziş yoxud asarlarning yoki turdoş huquqlar obektlarining nusxalarida ularning tayyorlovçilari haqida, ularni işlab çiqariş joylari töğrisida, şuningdek mualliflik huquqining va turdoş huquqlarning egalari haqida yolğon axborotni körsatiş huquqbuzarlik sodir etiş qurollarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.