Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Rossiya FXX direktoriga sirtdan ayblov e’lon qilindi
Aleksandr Bortnikov «Ukraina xavfsizlik xizmatining (UXX) sobiq rahbariyati tomonidan davlatga xiyonatni tashkil qilish, Ukrainada milliy adovat va nafrat qo‘zg‘atish»da ayblanmoqda.
Ukraina Davlat tergov byurosi (DTB) Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) direktori Aleksandr Bortnikov, Rossiya gvardiyasi boshlig‘i Viktor Zolotov va boshqa 18 nafar yuqori martabali rossiyalik ofitserlarga nisbatan sirtdan ayblov e’lon qildi.
DTB ma’lumotlariga ko‘ra, Aleksandr Bortnikov «Ukraina xavfsizlik xizmatining (UXX) sobiq rahbariyati tomonidan davlatga xiyonatni tashkil qilish, Ukrainada milliy adovat va nafrat qo‘zg‘atish va 2013–2014 yillarda norozilik namoyishlariga noqonuniy to‘sqinlik qilish»da ayblanmoqda.
DTB ta’kidlashicha, FXX direktori Ukrainada o‘sha paytdagi hukmron rejimni saqlab qolish maqsadida «ukrainaliklarning norozilik harakatlarini bostirish uchun jinoiy reja ishlab chiqqan». Uning yakuniy maqsadi «fuqarolar mojarosi» bahonasida Ukraina hududining bir qismini anneksiya qilish ekani aytilmoqda.
FXX asosiy vazifalaridan biri «Ukrainaning Yevropa integratsiyasi jarayonlari va Shimoliy Atlantika alyansining jamoaviy xavfsizlik shartnomasiga a’zo bo‘lishining oldini olish» ekani ta’kidlanmoqda.
2024 yil mart oyida Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyuk Rossiya sudi tomonidan 2022 yil kuzida Qrim ko‘prigida yuz bergan portlash holatlari yuzasidan tergov doirasida sirtdan hibsga olingan edi.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
20:55 / 23.06.2026
Ukraina Qrimni materik bilan bog‘lovchi ko‘priklardan birini vayron qildi
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
16:13 / 22.06.2026