18 may kuni Toşkentda “MAKON Marketing Forum-2024” xalqaro biznes-forumi doirasida “Yil brendi-2023” mukofotini topşiriş marosimi bölib ötdi.

Yil brendi – bu Özbekiston xalqi va turli sohalarning yetakçi mutaxassislari fikriga köra, tovarlar va xizmatlarning eng ommabop toifalari böyiça Özbekistonning eng yaxşi brendlariga beriladigan mukofotdir. Unda Özbekistondagi yetakçi işlab çiqaruvçilar, xizmat körsatuvçilar va ommaviy axborot vositalari orasidan yetakçi brendlar aniqlanadi. 

Forumning “OAV va reklama. Internet naşrlari” yönalişida Kun.uz internet naşri iste’molçilar bergan ovozlar hisobida eng yuqori natijani qayd etdi va “Yil brendi-2023” mukofotini qölga kiritdi. 

Özbekistonda mazkur forum 5 yildan buyon ötkazib kelinadi va yil davomida turli sohalarda yuqori natijalarga erişgan brendlar ovoz beriş orqali tanlab olinadi.