2020 yil 21 avgust kuni Nurobod tumani IIBga Nurobod tumani Sazağan mahallasida yaşovçi J. ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.

U 2020 yil 14 avgust kuniga ötar keçasi noma'lum şaxslar yaşaş uyining xonasida bölgan temir sandiq içidan jami 8.200 AQŞ dollari va 20.000.000 söm miqdoridagi pullarini yaşirin ravişda öğirlab ketganligini bayon qilib, uşbu noma'lum şaxslarga nisbatan qonuniy çora qörib, yetkazilgan moddiy zararni undirib berişni söragan.

Nurobod tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, mazkur öğirlik jinoyati Nurobod tumani Sazağan mahallasida yaşovçi, 1998 y.t. L. va 1996 y.t. Q. tomonidan sodir qilinganligi aniqlanib, ulardan aşyoviy dalillar hujjatlaştirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Öğrilik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.