Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij-2024 olimpiadasiga tayyorgarlik uchun sarflangan mablag‘lar miqdori ma’lum qilindi
Yilning dastlabki 3 oyida tayyorgarlik uchun 73 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan.
2024 yil birinchi choragi davomida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan 20 ta sport federatsiyasi va uyushma taqdim etgan talabnomalar asosida mahalliy hamda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari uchun 73 milliard 355 million 700 ming so‘m miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirilgan va moliyalashtirilgan. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) ma’lumotlariga tayanib O‘zA xabar berdi.
Qayd qilinishicha, «2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida»gi prezident qaroriga muvofiq, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari tomonidan musobaqaga tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya va uyushmalarning ustav xarajatlari, milliy terma jamoa sportchilari uchun anjom va maxsus inventarlar xaridi, ularning tibbiy-biologik ta’minoti, nufuzli turnir va chempionatlarda ishtiroki bilan bog‘liq xarajatlar ham davlat tomonidan moliyalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
18:40 / 06.02.2026
MOQ raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov nomidan feyk xabarlar yuborilayotgani aniqlandi
21:00 / 11.01.2026
«Mening maktabim» loyihasida ovoz berish bosqichi boshlandi
14:24 / 08.01.2026