Aprel oyi boşidan Özbekistonda katta auditoriyaga ega nodavlat telekanallar siyosiy-ijtimoiy mavzular muhokamasiga bağişlangan tok-şoularni efirga uzata boşladi. Ötgan 1,5 oy mobaynida ta’limdan tortib siyosatgaça, soğliqni saqlaşdan tortib turizmgaça ekspertlar iştirokida suhbatlar taqdim etib kelinmoqda.

Hozirgaça 1 telekanal jonli, 4 ta telekanal esa odatiy uslubda tok-şoularni xalqqa namoyiş qilyapti.

Kun.uz muxbiri Şohrux Majidov jarayonning borişi yuzasidan ijodkorlar bilan suhbat uyuştirdi. Unda hozirça yuqoridagi vazifaning asosiy bölagi bölib körinayotgan tok-şoular, ularni suratga oliş masalasi va tizimli holatlar muhokama mavzusi böldi.

“Zör TV” telekanali boşlovçisi, “Özimizda” tok-şousi loyiha rahbari Sirojiddin Ösarovga köra, jarayon oson keçayotgani yöq. Uning bu boradagi fikrlarini “Renessans TV” boş muharriri, “Renessans minbari” tok-şousi loyiha rahbari Jasur Rahmon ham tasdiqlaydi.

Ularning sözlariga köra, mavzu tanlaş, ularni sodda va xalqona tilda auditoriyaga yetkaziş, ekspertlarni muhokamaga jalb etiş – ham ma’suliyat, ham katta tajriba talab qiladi.

Sirojiddin Ösarovga köra, xorijdan kelayotgan, milliylikka yot ğoyalarga qarşi turiş uçun ham milliy kontent zarur. U, şuningdek, körsatuv ustida katta jamoa işlayotgani, mavzular xilma-xilligi hamda erkinligini aytib, tez kunlarda bu tok-şoular xalq qiziqişini jiddiy uyğotişiga umid qilayotganini bildirdi.

Bundan taşqari, boşlovçi Ösarov faqat bunday muhokamalar bilan çegaralanmaslikni, media-mahsulotlar turi xilma-xil bölişi kerakligini ham qöşimça qildi.

“Men saviyali kontent qilaman, uni kim köradi, reyting qanday böladi, menga umuman qiziq emas”, deydi “Zör TV” vakili.

Jurnalist Jasur Rahmon esa öz telekanalidagi loyihaga töxtalar ekan, tok-şouning jonli efirda uzatilişini – auditoriyaning qiziqişi hamda tomoşa qiliş istagini uyğotişda asosiy sabab qilib körsatdi. Şuningdek, “çegaralar” va senzura ham bu uslubdagi efirda kamroq ekanini urğuladi.

“Uzoq yillar davomida odamlar televideniye orqali seriallar hamda baçkana körsatuvlarga örgatildi. Endi bizning vazifamiz ularni saviyali kontent muxlisiga aylantiriş. Auditoriyani qaytariş kerak, deydi Jasur Rahmon.

Muhokamada qatnaşgan siyosatşunos va taniqli ekspert Kamoliddin Rabbimovning fikriça, Özbekiston milliy kontentni yaratişda keçikdi. Milliy kontent bu – taşqaridan bölayotgan xurujlarga davlatning içidan javob degani.