Boş prokuratura huzuridagi departamentning Qoraköl tuman bölimi tomonidan “Buxoro suv ta’minot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekşiruvlar ötkazildi.

Unda, tumandagi D.G. MÇJga qaraşli savdo kompleksi hamda E.b. NTM mas’ul şaxslari özboşimçalik bilan içimlik suvi tarmoğiga ulanib, jami 1,2 mlrd sömlik içimlik suvidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Şu kabi, departamentning Jomboy tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda Y.b. fermer xöjaligi mas’ul şaxslari 2 dona suv nasosini elektr tarmoğiga töğridan töğri ulab, jami 229,4 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Departamentning Andijon şahri bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro U.D. “Şodlik” MFY hududidagi göşt dökonini tijorat maqsadida elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan töğridan töğri ulab, 118 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Xonqa tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “T.H.” MÇJ rahbari T.I. tijorat maqsadida umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanib, 114,2 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.