“Metropol Group” kompaniyasi Toşkent şahridagi sobiq MXX binosi hududidan emanlarni köçirişga Ekologiya vazirligidan ruxsat söragan. Biroq vazirlik ham, uning quyi organlari ham bunga ruxsat bermagan. Vakolatli organ xodimlarining izohlariga tayanadigan bölsak, daraxtlar noqonuniy tarzda köçirilayotgani ayon böladi. Ammo negadir bunga hamma tomoşabin bölib turibdi.
Voqea qanday böldi?
22 may kuni Toşkent şahri markazidagi Sayilgoh köçasidan ustiga yaşil mato yopib olib çiqib ketilayotgan daraxtlar videosi tarqaldi. Kun.uz'ga ma’lum bölişiça, daraxtlar sobiq Milliy xavfsizlik xizmati binosi hududidan olinib, Toşkent viloyatining Qibray tumani Mirzo Uluğbek şaharçasidagi anhor böyiga köçirib ötkazilgan.
Voqea ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuv bölgaç, Ekologiya partiyasi Boş prokuratura va atrof-muhitni muhofaza qilişga mas’ul davlat taşkilotlaridan zudlik bilan holatga çora körişni söradi. Şundan keyin Ekologiya vazirligining Toşkent şahar boşqarmasi örganiş boşlaganini ma’lum qildi.


Daraxtlar nega köçirilyapti?
2023 yil yozida sobiq MXX binosini buziş boşlangan edi. Bino avvalroq Metropol Group kompaniyasi tomonib xususiylaştirib olingan va örnida 22 qavatli mehmonxona qurilişi e’lon qilingan.
Şahar ekologiya boşqarmasi bölim boşliği Tursunpölat Egamovning Kun.uz muxbiriga ma’lum qilişiça, Metropol Group yanvar oyida daraxtlarni kesiş uçun boşqarmaga xat jönatgan. Lekin vazirlik buni rad etgan.
“Metropol Group tomonidan yanvar oyining oxirida daraxtlarni kesişga ruxsatnoma söragan. Boşqarma tomonidan daraxtlarni tag qismidan kesişga ruxsat berilmagan”, – dedi Egamov.

Şuningdek, u qonunçilikda daraxtni köçirişga ruxsatnoma berilişi belgilanmaganini ham qöşimça qildi.
“Köçirişga ruxsat beriş tartibi yöq. Faqat Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qaroriga asosan köçiriş tartibi berilgan. Biz daraxtlarni köçirişga ruxsatnoma bera olmaymiz. 3 kun oldin xat asosida xabar beriladi. Köçirişga biz tomonimizdan inspektor ajratilişi kerak. 2,5 oydan beri heç nimadan xabarsiz edik”, – dedi mas’ul.
Jurnalistning kompaniya birorta taşkilot ruxsatini olmasdan köçirişni boşlaganmi degan savoliga, Egamov “Ha” deb javob berdi.


Yunusobod tumani ekologiya inspeksiyasi vakili Nodir Qodirov daraxtlar köçiriladigan joyni körib ketgani, lekin köçirişga ruxsat berilmaganini ta’kidladi.

Daraxtlarni kim köçiryapti?
Daraxtlarni köçirib ötkaziş uçun “Muna Mug” kompaniyasi yollangan. Kompaniya rahbari Farrux Hakimov Kun.uz muxbiriga daraxtlarni köçirişga ruxsat olinganini aytdi, lekin ruxsatnomani tahririyatga körsatgani yöq.
Hakimovga köra, kompaniya köçiriş işlarini 2,5 oy oldin boşlagan. Sayilgoh köçasidan 26 dona 30-70 yoşli eman daraxtlarini köçiriş işlari davom etyapti. Hozir 15 dona eman Qibrayga olib kelingan, yana 11 donasi köçirib kelinadi.

“Daraxtni köçirişda eng qiyin narsa – uni dumaloq qilib oliş. Bitta köçirilayotgan daraxt 55-60 tonnagaça böladi. Ularni yotqizib taşib keliş uçun 32 metrli trall kerak. Daraxt tanasini maksimal saqlab qoliş uçun şunaqa uzun trallni oldik. Bitta daraxtni köçirib kelişga 12 soat vaqt ketyapti”, – dedi Hakimov.
Daraxtlar qurisa, kim javob beradi?
Farrux Hakimov daraxtlarning qurimasligiga 100 foiz kafolat berişini aytyapti. U özi foydalanayotgan texnologiya Özbekiston böyiça hali qilinmagani, özi ham bunday katta hajmli daraxtlarni ilgari köçirmaganini aytdi.
“Daraxt ildizining 80 foizdan yuqorisini olganman, şuning uçun u qurib qolmaydi, 2 yilda şoxlari oldingi holatiga qaytib çiqadi”, – dedi u.
Hakimov daraxtlarga 3 yil qarab, dori va ozuqasini berib turişini, agar qurisa, jarimasini tölaşga tayyor ekanini ham bildirdi.

Ekologiya vazirligi mas’uli Tursunpölat Egamov ham daraxtni köçirayotgan tadbirkor kim bilan şartnoma qilgan bölsa, daraxtning taqdiriga ham öşa kompaniya javobgar ekanini aytdi.
“Biz tadbirkor bilan biriktiriş dalolatnomasini tuzamiz. 3 yil içida öşa daraxtlar qurib qolsa, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanib, qurib qolganligi uçun jarima jazosi belgilanadi. Bu daraxtlar köpligi sabab, Jinoiy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 198-moddasiga köra, jinoiy iş oçilişi mumkin. Har biri uçun milliarddan oşiq miqdorda jarima belgilanişi mumkin”, – dedi Egamov.
Jamoatçilik eşituvi bölgan, lekin unda OAV bölmagan
Toşkent şahrining Yunusobod tumanidan 26 daraxtning olib ketilayotganiga yunusobodliklar rozimi, degan savol bilan Kun.uz muxbiri mas’ullarga yuzlandi. Farrux Hakimovning aytişiça, belgilangan tartibda jamoat eşituvi qilingan. Unga Yoşlar ijod saroyi vakillari va atrofdagi boşqa taşkilotlar ham taklif qilingan.
“Jamoatçilikni yiğib, daraxt köçirişimizni va örniga yoşi kattaroq, özini tutib olgan 150ta daraxt ekişimizni aytganmiz, buning taqdimotini ham qilib berganmiz”, – dedi u.
Biroq jamoatçilik eşituvida OAVdan birorta vakil taklif etilmagan. Bundan taşqari, Tursunpölat Egamov ham daraxtlarni köçiriş tadbiriga mutlaqo qarşi ekanini ma’lum qildi.
Mas’ullar savollarga javob berdi, biroq javoblar boşqa savollarni paydo qilyapti. Daraxtlarni köçirişga Ekovazirlik ruxsat berganmi yoki bermaganmi? Agar bermagan bölsa, Muna Mug kompaniyasi daraxtlarni şaharliklardan öğirlab ketyaptimi? Agar bu öğrilik bölsa, unda bunga qarşi kim çora köradi?
Zuhra Abduhalimova,
Kun.uz muxbiri
Tasvirçi va montaj ustasi – Abduqodir Tölqinov.
















