Farğona viloyati, Qöqon şahrida yölda tanasini avtomobil lyukidan çiqarib, yasama pul soçgan şaxs va haydovçiga çora körildi. Bunga ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolavha asos bölgan.
Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabariga köra, haydovçilik guvohnomasi bölmay turib transportni boşqargan, hamda guruh bölib harakatlangan haydovçilarga ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Qayd qilinişiça, «yöl harakati qoidalari va jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini buzganlarga» nisbatan töplangan hujjatlar sudga yuborilgan.
Qöqon şahri Jinoyat sudi qaroriga köra, tanasini avtomobil lyukidan çiqarib, yasama pul soçgan şaxs 15 sutkaga, uşbu avtomobilni boşqargan haydovçi 10 sutkaga qamaldi.
















