OpenAI kompaniyasi yaqinda sun’iy intellektni (SI) odamlarga biroz yaqinlaştiradigan GPT-4o til modelini çiqardi. Şundan söng, internetda odamlar örnini çatbot egallaşi mumkin bölgan kasblar röyxati tarqaldi.
Ma’lum bölişiça, 95 foiz ehtimollik bilan GPT-4o «ma’lumotlarni kiritiş böyiça mutaxassis» örnini bosa oladi, çunki SI «tezroq, aniqroq, tinimsiz va kuniga 24 soat uzluksiz işlaşi mumkin».
Şuningdek, telemarketing, qöllab-quvvatlaş xizmatlari, kopirayterlik, rerayting, korrektorlik va boşqa şularga öxşaş kasblarda işlaydigan odamlar ham işsiz qoliş xavfi ostida.
Şu bilan birga, çatbot, «ijodiy direktor» kabi sohalarda ojizdir. Sababi - noyob ijodkorlik, qaraşlar va jamoalarni ilhomlantiriş qobiliyatining yöqligi. Şuningdek, neyron tarmoq psixoterapevt, jarroh, öqituvçi, aktyor va öt öçiruvçining örnini bosa olmaydi.
Umuman olganda, amaliy kasblar bilan şuğullanadigan odamlar hozirça heç narsadan qörqişi şart emas, çunki noyob könikma va qobiliyatlar, şuningdek, qöl mehnati SI imkoniyatlaridan taşqarida.
SI çatbotlari, xususan, ChatGPT, Copilot va Google Gemini sahnaga çiqqanidan beri, odamlarda işsiz qolişga şubha kuçaydi. Va bu qörquvlar mutlaqo asossiz emas. Texnologik kompaniyalar sönggi 6 oy içida minglab iş joylarini qisqartirişdi, çunki ular SI tizimlariga e’tiborni kuçaytirdilar. Meta, Google, Apple va Amazon kabi yirik IT kompaniyalari allaqaçon minglab xodimlarini işdan böşatgan.
Jahon texnologiya sanoatidagi bandlikni kuzatuvçi Layoff portali ma’lumotlariga köra, birinçi yarim yillikning özida 302 texnologiya kompaniyasi 90 mingga yaqin xodimini işdan böşatgan.
2024 yil oxirida sun’iy intellekt sohasida inqilobni va’da qiladigan ChatGPT-5 işga tuşirilişi kutilmoqda. Gap sun’iy umumiy intellekt (SUI) tuşunçasi haqida ketmoqda. Bu şuni anglatadiki, SI odamlar öylab topişi mumkin bölgan har qanday muammoni hal qilişi mumkin. Bu uni odamdan ajratib bölmaydigan darajaga çiqaradi.













