Fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudining 24 maydagi hal qiluv qarori bilan xonanda Avazbek Olimovdan da’vogar Mahliyo Ahrorova foydasiga 150 mln söm tovon puli va 20 mln söm ma’naviy zarar undiriş belgilandi. Bu haqda Toşkent şahar sudi axborot xizmati Kun.uz'ga ma’lum qildi.

Şuningdek, Avazbek Olimovga “Sevar yorim” qöşiğini ijro etmaslik majburiyati yuklatilgan.

Bundan taşqari, xonanda hisobidan şoira foydasiga oldindan tölangan 6 mln 680 ming söm davlat boji va 34 ming söm poçta xarajatini undiriş ham belgilangan.

Ma’lumot uçun, şoira Mahliyo Ahrorova sudga da’vo arizasi kiritib, xonanda Avazbek Olimov uning “Gözal yorim” şe’rini özgartirib, “Sevar yorim” nomi ostida muallifning ruxsatisiz ijro etib kelganligini, “Gözal yorim” şe’ri 2009 yilda yozilganligi va “Sözi gavharim” kitobida çop etilganligi, xonanda uni 2015 yildan hozirgi kunga qadar muntazam ravişda nomini özgartirib, turli davralarda ijro etib kelganligini ta’kidlagandi.

Iş hujjatlariga köra, ayni holat yuzasidan Jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudining 2023 yil 4 dekabr kungi qarori bilan Avazbek Olimov ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Da’vo arizasida Mahliyo Ahrorova xonandadan özining foydasiga 200 mln söm ma’naviy zarar hamda 340 mln söm tovon puli undirib berişni, xonandaga “Sevar yorim” qöşiğini ijro etişni, barça tele va radiokanallarga mazkur qöşiqni efirga uzatişni taqiqlaşni söragandi.