Kun.uz şe’rini ruxsatisiz qöşiq qilgani uçun xonanda Avazbek Olimovni sudga bergan şoira Mahliyo Ahrorova bilan boğlandi. Şoira suddan 540 million söm emas, 400 million söm tovon puli söraganini, tarqalgan xabarlarda tovon puli börttirib yuborilganini aytdi.

Şoira xonanda Avazbek Olimov uning “Gözal yorim” şe’rini özgartirib, “Sevar yorim” nomi ostida muallifning ruxsatisiz ijro etib kelgani ustidan sudga da’vo arizasi kiritgan edi. Ma’lum bölişiça, “Gözal yorim” şe’ri 2009 yilda yozilgan va “Sözi gavharim” kitobida çop etilgan. Olimov şe’rni 2015 yildan hozirgaça muntazam ravişda nomini özgartirib, turli davralarda ijro etib kelganini ta’kidlagandi.

Mahliyo Ahrorovaning aytişiça, u 2015 yilda Turkiyaga öqişga ketib, hozirgaça Istanbulda yaşab keladi. U Avazbek Olimovni oradan 10 yil vaqt ötib nega endi sudga berganini şunday izohladi.

“Turkiyada ham işlab yurganim uçun Özbekiston telekanallari, qöşiqlarini eşitib yurişga vaqtim ham, imkonim ham yöq. Hozir çaqaloğim bor, Özbekistonga kelganmiz. Şu yerdaligimda Intellektual mulk agentligi yuridik vakili Dilşod Xöjanov bilan maslahatlaşdik. Yaqinda Yulduz Usmonova va bir şoir örtasida bölib ötgan sud keng yoyilgandi. Bu böyiça qonunlar işlayotganini aytganlaridan keyin biz ham sudga da’vo arizasi kiritişga qaror qildik”, – dedi u.

Ma’lumot uçun, 2021 yilda Yulduz Usmonova “Xasta bölma” şe’rini uning muallifi şoir Yölçi Röziyev bilan kelişmasdan qöşiq qilib kuylab kelgani uçun 185 million söm tovon puli tölaşi belgilangan edi.

Ahrorovaning aytişiça, uning köplab şe’rlari boşqa xonandalar tomonidan ham ruxsatsiz qöşiq qilingan. Ayni damda ular böyiça sudga ariza kiritilgan.

“Talabalik davrimda şe’rlar kitobim naşrdan çiqqan edi. Öşanda kitobni xursandçilik uçun tarqatganman. U paytlari bastakorlarga musiqaga ham şe’rlar yozib berar edim. Öşanda keyin kitobimni bastakorlar olib, şe’rlarini qöşiqçilar bilan kelişib, qöşiq qilib efirga çiqarib yuborişgan”, – dedi u.

Şoiraning aytişiça, qöşiq telekanallarda tarqalib ketganda uning oila a’zolari qöşiq ijodkorlari bilan boğlanib, qöşiq muallifi xato körsatilgani va şe’r uçun ruxsat olinmaganini aytgan. Lekin bunga e’tibor qilinmagan.