Şoira Mahliyo Ahrorova xonanda Avazbek Olimov ustidan sudga da’vo arizasi kiritdi. Kun.uz buni sud majlislarining onlayn jadvali orqali aniqladi.
Toşkent şahar sudidan tahririyatga ma’lum qilinişiça, da’vogar Mahliyo Ahrorova javobgar Avazbek Olimovga nisbatan mualliflik huquqlari buzilganligi uçun tovon puli va ma’naviy zarar undiriş haqidagi talab bilan 2024 yil 2 fevralda fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgan.
Mahliyo Ahrorova da’vo arizasida xonanda Avazbek Olimov uning “Gözal yorim” şe’rini özgartirib, “Sevar yorim” nomi ostida muallifning ruxsatisiz ijro etib kelganligini, “Gözal yorim” şe’ri 2009 yilda yozilganligi va “Sözi gavharim” kitobida çop etilganligi, xonanda uni 2015 yildan hozirgi kunga qadar muntazam ravişda nomini özgartirib, turli davralarda ijro etib kelganligini ta’kidlagan.
Iş hujjatlariga köra, ayni şu holat yuzasidan Jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudining 2023 yil 4 dekabr kungi qarori bilan Avazbek Olimov ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Şoira xonandadan özining foydasiga 200 mln söm ma’naviy zarar hamda 340 mln söm tovon puli undirib berişni, xonandaga “Sevar yorim” qöşiğini ijro etişni, barça tele va radiokanallarga mazkur qöşiqni efirga uzatişni taqiqlaşni söragan.
Dastlab sud majlisi 2024 yil 14 mart kuniga belgilangan. Ammo xonanda (yoki uning işonçli vakili) sud majlisiga kelmaganligi sababli işni köriş 28 mart va 8 aprel kunlariga qoldirilgan. 8 aprel kunidagi sud majlisida javobgarning advokati iştirok etib, iş hujjatlari bilan tanişiş uçun sud majlisini boşqa kunga qoldiriş haqida iltimosnoma kiritgan.
23 aprel kuni navbatdagi sud majlisi bölib ötgan va taraflar tinglangan. Navbatdagi sud majlisi 7 may kuni davom ettirilişi belgilangan.
Xonanda Avazbek Olimov avvalroq özi xizmat ötayotgan töy marosimlaridan birida boşlovçiga qöpollik qilgani uçun Özbekkonsert rahbari nomiga tuşuntiriş xati yozgandi.

Öşanda xonanda töyda navbat bergan boşlovçini yoniga çaqirib, ismi Avaz emas, Avazbek deb e’lon qilinişi kerakligini aytgan va boşlovçini haqorat qilgandi

















