2024 yilning 1 aprel holatiga Özbekistonning davlat qarzi 35,3 mlrd dollarga yetgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik tomonidan e’lon qilingan hisobotda ötgan yil davomida 5,7 milliard dollar qarz mablağlari jalb qilingani keltirilgan. Xususan, 2023 yilda davlat taşqi qarzi 3,7 milliardga oşib, 29,6 milliard dollarni taşkil etgan. Içki qarz esa 2 milliard dollarga oşib, 5,3 milliard dollarga yetgan.

Davlat qarzining mamlakat YaIMiga nisbati 2022 yil oxiridagi 36,4 foizdan 2023 yil oxirida 38,4 foizgaça oşgan.
2024 yilning 1 yanvar holatiga davlat taşqi qarzining kreditorlar kesimida taqsimlanişi:
- Jahon banki — 6,6 mlrd dollar;
- Osiyo taraqqiyot banki — 6,4 mlrd dollar;
- Xalqaro investorlar (xalqaro yevrobondlar) — 3,4 mlrd dollar;
- Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi — 2 mlrd dollar;
- Xitoy Eksimbanki — 1,9 mlrd dollar;
- Xitoy davlat taraqqiyot banki — 1,4 mlrd dollar;
- Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki — 1,3 mlrd dollar;
- Islom taraqqiyot banki — 0,9 mlrd dollar;
- Koreya iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamğarmasi — 0,8 mlrd dollar;
- Xalqaro valuta jamğarmasi — 0,8 mlrd dollar;
- Fransiya taraqqiyot agentligi — 0,7 mlrd dollar;
- Yevropa davlatlari (Germaniya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Polşa, Avstriya) – 0,4 mlrd dollar:
- Yaponiya xalqaro hamkorlik banki — 0,3 mlrd dollar;
- Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki va Yevropa investitsiya banki — 0,3 mlrd dollar;
- Boşqa xalqaro moliyaviy taşkilotlar — 2,4 mlrd dollar.
Davlat qarzining valuta tarkibi quyidagiça (foizda):














