Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan hududlarda turli tadbirlar ötkazildi. Ayrim hududlardagi tadbirlarda şaxsan hokimlarning özlari iştirok etib, bolalarning könglini kötargan. Kun.uz viloyat hokimliklari bolalar kunini qanday ötkazgani haqidagi xabarlarni töpladi.
Viloyat hokimliklarining rasmiy kanallarida e’lon qilingan xabarlarga köra, bugun bolalar uçun eng köp vaqt ajratgan hokim Navoiy viloyati rahbari Normat Tursunov bölgan.
Navoiy viloyati hokimi kunning birinçi qismida Navoiy şahridagi Alişer Navoiy nomli madaniyat va istirohat boğida bolajonlar uçun bölib ötayotgan bayram dasturida iştirok etgan. U tadbirda sözga çiqib, bolalarni bayram bilan qutlagan va sovğalar ulaşgan.

Söngra Normat Tursunov Karmana tumani Özbekiston mahallasida joylaşgan “Yangi zamon bolalari” oilaviy bolalar uyiga borgan. U yerda hokim tarbiyalanuvçilar bilan suhbatlaşib, ulardan biri bilan stol tennisi öynagan.

Kunning ikkinçi yarmida esa Tursunov baxtsiz hodisa tufayli uy şaroitida tahsil olayotgan Nilufar Çinpölatova holidan xabar olgan va unga bayram sovğalarini hadya etgan. Şuningdek, hokim viloyat Onkologiya markazida davo muolajalarini olayotgan bolalar bilan uçraşib, ularga ham bayram sovğalarini ulaşgan.

Qaşqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov ham bir qatorda tadbirlarda iştirok etgan. Jumladan, u Koson tumanidagi 47-sonli DMTT oçilişida qatnaşgan. Tadbirda söz olgan hokim bugunning özida viloyatda 45 ta boğça foydalanişga topşirilganini ma’lum qilgan.





















