1 iyun – Xalqaro bolalar kunida Toşkentdagi Aşxobod boğida fuqarolarga xavf tuğdirgan tadbirni ötkazgan boğ direktori, uning örinbosari va reklama bölimi boşliği 15 sutkaga qamalgan. Bu haqda Içki işlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 1 iyun kuni soat 12:00 da Aşxobod köngil oçar boğida tekinga 20 mingta öyinçoq va muzqaymoq tarqatilişi haqida boğ ma’muriyati tomonidan ijtimoiy tarmoqda reklama çiqarilgan.

Bir vaqtning özida kelişi taxmin qilingan bir neça ön ming odamni boğ siğdira olmasligi, yöl harakati va fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş talablarga javob bermasligi sababli bu tadbirni ötkazmaslik haqida boğ rahbariyati ogohlantirilgan.

Biroq boğ ma’muriyati ommaviy tadbirlarni ötkaziş talablariga rioya etmasdan, tekinga öyinçoqlar tarqatilişi haqidagi reklamani ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib, boğ hududida va uning atrofida aholining ommaviy ravişda töplanişiga sababçi bölgan va bu harakati orqali fuqarolarga xavf tuğdirgan.

Oqibatda boğ hududiga kiriş-çiqiş va ayrim içki yönalişlarida tiqilinç vaziyat hamda boğga olib keluvçi va yaqin avtomobil yönalişlarida tirbandliklar yuzaga kelgan. Huquqni muhofaza qiluvçi idoralarning sa’y-harakati bilan bu tirbandliklar bartaraf etilib, fuqarolar tinç tarqatilgan.

Holat yuzasidan Yaşnobod tumani IIO FMB tomonidan boğ direktori A.N., direktor örinbosari A.Z., reklama bölimi boşliği D.T.ga nisbatan MJtKning 185 prim 3, 200 prim 1, 201-moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Jinoyat işlari böyiça Yaşnobod tumani sudi tomonidan uşbu fuqarolarga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Ma’lumot uçun, avvalroq Aşxobod boğida 1 iyun kuni 20 ming dona öyinçoq va muzqaymoq tekin tarqatilişi haqida e’lon berilgandi. Şundan söng 1 iyun kuni boğga juda köp odam kelgan. Oqibatda boğda tartibsizlik yuz bergan va odamlar örtasida özaro janjal yuzaga kelgan. Ayrim köçalarda avtomobillarning yirik tirbandligi kuzatilgan, ma’lum vaqt metro vagonlariga odam siğmay qolgan.