Farğona viloyati Beşariq tumanida töy kortejida soxta pul soçgan yigitga çora körilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Yigit töyda iştirok etgan avtomobillardan birining lyukidan tanasini çiqarib atrofga pul soçgan. Holat videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.

Viloyat IIB YHXB tomonidan qoidabuzarlik sodir etgan yigit topilgan. Unga nisbatan MJtKning tegişli moddalari bilan iş oçilgan va töplangan hujjatlar jinoyat işlari böyiça Beşariq tumani sudiga yuborilgan.

Sudda pul soçgan yigit MJtKning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Avvalroq Qöqonda avtomobil lyukidan tanasini çiqarib soxta pul soçgan fuqaro 15 sutka, haydovçi esa 10 sutkaga qamalgandi. Beşariqda sodir bölgan hodisada haydovçiga qanday çora körilgani xabarda oçiqlanmagan.