Suhbatdoşlarimiz – Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi Abbos Boboxonov va iqtisodçi Şuhrat Rasul.

— Dastlabki bu uçta davlatning uçraşuvlariga sabab bölayotgan masalalar, ular örtasidagi tarixiy nizolarga töxtalib ötsak.

Abbos Boboxonov: Xitoy boş vaziri bizning munosabatlarda 2 ta katta tösiq bor deb, tarixiy masalalar va Tayvan omilini aytdi. Tarix deyilganda asosan Ikkinçi jahon uruşidan keyingi masalalar nazarda tutiladi. Masalan, bir vaqtlar Yaponiyaga tegişli bölgan Senkaku oroli bugun Xitoyniki. Nankin qirğini masalasi ham bor, Yaponiya hujumida juda köp Nankin şahri aholisi ölgan, haligaça eng katta muammolardan biri. Xitoy tomoni Yaponiya tan olib keçirim söraşini istaydi, ammo Yaponiya tan olmaydi. Den Syaopin davridagi kelişuvlarga köra, Yaponiya 40 mlrd dollar qaytuvçi va 5 mlrd dollar yordam investitsiya kiritişi bilan kompensatsiya qilib, munosabatlarni tiklaşi közda tutilgan. Lekin bu ham yeçim böla olmadi. 2016 yilda yumşaş böldi, Yaponiya boş vaziri Abe Xitoyga taşrifida tarixiy voqealar munosabatlarga ta’sir qilmasligi haqida bayonot beradi. Abe hukumatdan ketgaç, bu masala yana kun tartibiga çiqqan.

Şuhrat Rasul: Yaponiyada 19-asr oxiri, 20-asr boşida kapitalistik munosabatlar tez rivojlandi. Şu davrda Yaponiya imperiya ham qurgan. 1910 yilda Koreya yarimorolini bosib oladi va 35 yil nazoratda uşlab turadi. Yaponiya 1931 yilda Xitoyning Şimoliy hududi bölgan Manjuriyani bosib olişga kirişadi. 1937 yilda esa katta uruş boşladi va Xitoyga tegişli Tinç okeani qirğoq hududlarini bosib oldi. AQŞ bilan Pyorl Xarbordagi konfliktdan söng esa Yaponiya va Xitoy uruşi Ikkinçi jahon uruşining bir qismiga aylandi. Xitoyning ham, Janubiy Koreyaning ham Yaponiyaga nisbatan imperiyaçi sifatida qaraşi bor va bu öşa tarixiy tösiq bölayotgan omillardan.

Abbos Boboxonov: 5 yil davomida uçraşuv bölmaganiga faqat pandemiya sabab emas. Xitoy va AQŞning global raqobati ham sabab, Yaponiya va Janubiy Koreya AQŞ ittifoqçilari sifatida köriladi. 1952 yilda AQŞ va Yaponiya örtasida agar Yaponiyaga qurolli hujum bölsa, AQŞ himoya qilişi böyiça şartnoma tuzilgan, şu böyiça AQŞning 80 mingdan ortiq harbiylari Yaponiya va Janubiy Koreyadagi bazalarda joylaşgan. Şu ham Yaponiya va Xitoy munosabatlarida taranglik keltirib çiqaradi.