Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB 200 ga yaqin qoidabuzarlik qilgan haydovchining Teslaʼsini xatladi
Qarzdorning 2023 yil iyun oyidan boshlab hozirgi kunga qadar 186 ta ijro ishi bo‘yicha 116 mln so‘m to‘lovi bo‘lgan. Hozirgi kunda xatlangan Tesla’ni realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Foto: MIB
Toshkent shahrida MIB xodimlari jarimaga boy Tesla’ni xatladi. Bu haqda Kun.uz’ga MIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, MIB Shayxontohur tumani bo‘limi ish yurituvida IIBB YHXB qarorlariga asosan qarzdor F.Sh.dan 186 ta ijro hujjatlari bo‘yicha jami 116 mln so‘mdan ortiq miqdordagi ma’muriy jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mavjud. Mazkur ijro hujjatlari MIB ish yurituviga 2023 yilning iyun oyidan boshlab hozirgi kunga qadar kelib tushgan. Ammo shuncha vaqt o‘tganiga qaramay qarzdorlik qarzdor tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilinmagan.
Qarzdorliklar bartaraf qilinmagach, MIB tomonidan 2024 yilning 18 may kuni qarzdorga tegishli Tesla Model 3 mashinasiga qidiruv e’lon qilingan. Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida qidiruvda bo‘lgan Tesla qarzdorning xonadonidan topilgan.
Qarzdor fuqaroga mashinani xatlab, vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilishi bildirilganda qarzdor avval faol qarshilik ko‘rsatib, davlat ijrochisining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan. Biroq keyinchalik, mas’ul xodimlar tomonidan holatning huquqiy oqibati tushuntirilganidan so‘ng qarzdor tomonidan Tesla ixtiyoriy ravishda topshirilgan.
Hozirgi kunda mashinani realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
Oldinroq Toshkentda 44 bor radarga tushgan haydovchining mashinasi xatlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

22:24 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi

11:29 / 19.07.2025
O‘zbekistonda 3500 nafar ona farzandlariga aliment to‘lab kelmoqda - MIB

18:19 / 20.06.2025
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi

18:38 / 12.06.2025