Qoraqalpoğiston Respublikasi Törtköl tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasida haydovçi halok bölgan. Bu haqda respublika IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 31 yoşli haydovçi Cobalt maşinasi bilan Törtköl tumanidan ötuvçi 4R-182 avtomobil yölida katta tezlikda harakatlanayotib, boşqaruvni yöqotgan.
Şunda maşina yöl çetiga çiqib ketib pastlikka ağdarilib ketgan. Oqibatda, haydovçi oğir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Törtköl tumani IIB tergov bölimi tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

















